O‘zbekistonda benzin va dizel ishlab chiqarish dinamikasi - infografika

Obuna bo‘lish
2026 yil yanvarda respublika korxonalari 85,1 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi. Benzin va dizel hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonda 85,1 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Jami sanoat hajmida ishlab chiqaradigan sanoatning ulushi eng katta bo‘lib, 70,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu umumiy sanoat ishlab chiqarishining 83,1 foiziga teng.
Yanvar oyida 110,6 ming tonna avtomobil benzini va 81 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi.
Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar oyida 99 ming tonna benzin va 33,2 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0