Saraton davosida yangi imkoniyatlar: talaba chayon zahrini o‘ldirmasdan olish qurilmasini yaratdi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyStudentka sozdala ustroystvo, kotoroe poluchayet yad skorpiona, ne ubivaya yego
Studentka sozdala ustroystvo, kotoroe poluchayet yad skorpiona, ne ubivaya yego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, chayon zahri saratonni davolashda qo‘llaniladi va uning narxi 12 ming dollargacha baholanadi. Yangi qurilma esa bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini beradi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Termiz davlat pedagogika instituti Biologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Feruza To‘xtamurodova chayon zaharini uni nobud qilmasdan olish imkonini beradigan innovatsion qurilma ishlab chiqdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qurilma elektrostimulyatsiya usuli asosida ishlaydi va bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini yaratadi. Ilgari esa zahar olingach, chayonlar nobud bo‘lar edi.
Manbalarga ko‘ra, chayon zahri tarkibidagi xlorotoksin moddasi rak hujayralari o‘sishini sekinlashtirishda, neyrotoksinlar esa asab kasalliklarini davolashda ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Shu bois ushbu biomodda farmatsevtika sohasida yuqori talabga ega.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chayon zahrining narxi xalqaro bozorda 12 ming dollargacha, O‘zbekistonda esa o‘rtacha 5 ming dollar atrofida baholanadi.
Yangi qurilma chayonlarni saqlab qolgan holda zahar olish imkonini beradi. Bu esa:
biomodda tanqisligini kamaytirish,
ekologik muvozanatni saqlash,
farmatsevtika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Uchenie Akademii nauk razrabotali biorazlagayemuyu retsepturu plenki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
O‘zbekiston olimlari to‘liq bioparchalanadigan va ekologik xavfsiz plonka yaratdi
Yangiliklar lentasi
0