Toza havo: ekologik uskunalar o‘rnatgan korxonalarga imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTeploelektrotsentral (TES)
Teploelektrotsentral (TES)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
Obuna bo‘lish
I va II toifadagi korxonalar ekologik uskunalar o‘rnatsa, budjetga to‘langan kompensatsiya to‘lovlarining bir qismi qaytariladi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan (I va II toifa) sanoat korxonalariga ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirgan choralari uchun budjetga to‘langan kompensatsiya to‘lovlarining bir qismi qaytariladi. Bu tartib Hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, korxonalar ikki bosqichda rag‘batlantiriladi:
1-bosqichda - atmosfera havosi ifloslanishini kuzatuvchi monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxonaga:
tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha shakllangan qarzdorlik bekor qilinadi;
respublika budjetiga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizi 2-yil davomida qaytariladi.
2-bosqichda - monitoring stansiyasidan tashqari, chang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalash uskunalarini o‘rnatgan korxonaga:
kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi 2-yil davomida qaytariladi.
Korxona uskunalar o‘rnatilgani haqida Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya qo‘mitasiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatlar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natijasiga ko‘ra rag‘batlantirish to‘g‘risida rasmiy xulosa beriladi.
V Yangixayotskom i Sergeliyskom rayonax provedeni ekologicheskie reydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Sergeli va Yangihayotda ekologik reydlar: "O‘zvtorsvetmet" boshqa hududga ko‘chiriladi
Yangiliklar lentasi
0