https://oz.sputniknews.uz/20260301/tashkent-havo-iflos-reyting-birinchi-56038013.html
Toshkent dunyodagi havosi eng iflos shaharlar reytingida yana birinchi o‘rinda
Toshkent dunyodagi havosi eng iflos shaharlar reytingida yana birinchi o‘rinda
Sputnik O‘zbekiston
iqair portali ma’lumotiga ko‘ra, 1-mart kuni Toshkent AQI va PM2.5 ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan. Gidromet inversiya va shamolsizlik havo sifati vaqtincha yomonlashganini ma’lum qildi.
2026-03-01T14:30+0500
2026-03-01T14:30+0500
2026-03-01T14:30+0500
o‘zbekiston
toshkent ob-havo
ob-havo
o‘zgidromet
ekologiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55012818_0:0:1247:702_1920x0_80_0_0_30fecea90b2357b1dc29bd596b5537cb.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. iqair.com portali ma’lumotlariga ko‘ra, 1-mart holatiga Toshkent havo sifati indeksi (AQI) va PM2.5 ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘ringa chiqqan. Reyting real vaqt rejimida shakllanadi va ko‘rsatkichlar soat sayin o‘zgarishi mumkin.O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosi sifati vaqtincha yomonlashgan. Ayni paytda havoda mayda dispers zarrachalar — PM2.5 va PM10 konsentratsiyasining oshishi kuzatilmoqda.Mutaxassislar ta’kidlashicha, vaziyatga shamolsizlik va harorat inversiyasi sabab bo‘lmoqda. Kechasi +3…+5°C, kunduzi esa +11…+15°C orasidagi harorat farqi inversiya shakllanishiga olib kelgan.Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilayotgan yog‘ingarchilik va shamol havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20251130/tashkent-havo-ekologiya-tadbirlar-natija-53830200.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55012818_67:0:1175:831_1920x0_80_0_0_351eab2dd4e529e6da25813a5160b746.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, o‘zbekiston, aqi, pm2.5, pm10, iqair, havo sifati, atmosfera ifloslanishi, harorat inversiyasi, gidrometeorologiya xizmati, shamolsizlik, yog‘ingarchilik, sinoptiklar prognozi
toshkent, o‘zbekiston, aqi, pm2.5, pm10, iqair, havo sifati, atmosfera ifloslanishi, harorat inversiyasi, gidrometeorologiya xizmati, shamolsizlik, yog‘ingarchilik, sinoptiklar prognozi
Toshkent dunyodagi havosi eng iflos shaharlar reytingida yana birinchi o‘rinda
1 mart holatiga ko‘ra, Toshkent havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi. Mutaxassislar buni inversiya va shamolsizlik bilan izohlamoqda.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. iqair.com portali
ma’lumotlariga ko‘ra, 1-mart holatiga Toshkent havo sifati indeksi (AQI) va PM2.5 ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘ringa chiqqan. Reyting real vaqt rejimida shakllanadi va ko‘rsatkichlar soat sayin o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi
ma’lum qilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosi sifati vaqtincha yomonlashgan. Ayni paytda havoda mayda dispers zarrachalar — PM2.5 va PM10 konsentratsiyasining oshishi kuzatilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, vaziyatga shamolsizlik va harorat inversiyasi sabab bo‘lmoqda. Kechasi +3…+5°C, kunduzi esa +11…+15°C orasidagi harorat farqi inversiya shakllanishiga olib kelgan.
Inversiya sharoitida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida havo almashinuvi sekinlashadi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar yuqori qatlamlarga tarqalmay, pastki qatlamda to‘planib qoladi.
Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilayotgan yog‘ingarchilik va shamol havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.