https://oz.sputniknews.uz/20260301/afghanistan-pakistan-mojaro-56037285.html
Afg‘oniston–Pokiston mojarosi: maxsus operatsiyalar va “ochiq urush” bayonotlari
Afg‘oniston–Pokiston mojarosi: maxsus operatsiyalar va “ochiq urush” bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida chegara bo‘ylab harbiy harakatlar kuchaydi. Tira vodiysida maxsus operatsiya o‘tkazildi, Torxamda javob hujumlari bo‘ldi, Xostda to‘qnashuvlar qayd etildi. Tomonlar o‘zaro ayblovlar bilan chiqmoqda.
2026-03-01T13:01+0500
2026-03-01T13:01+0500
2026-03-01T13:26+0500
markaziy osiyo
mojaro
chegara
harbiylar
harbiy texnika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56037117_0:34:640:394_1920x0_80_0_0_267b6dec3f2eeda8c98e24b863afeb1d.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashmoqda. So‘nggi kunlarda chegara hududlarida harbiy operatsiyalar, o‘q otishmalar va portlashlar qayd etildi.TOLOnews xabar berishicha, Afg‘oniston harbiylari Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Tira vodiysi hududida “Islom davlati” (IShID) jangarilariga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazgan. Manbaga ko‘ra, amaliyot davomida 10 nafar jangarӣ yo‘q qilingan.Tira vodiysi Pokistonning g‘arbiy qismida, Afg‘oniston bilan chegaradosh tog‘li hudud hisoblanadi. Bu yerda asosan pushtun qabilalari yashaydi.Afg‘onistonning Alemarah axborot portali ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni kechqurun Nangarhor viloyatidagi Torxam nazorat-o‘tkazish punkti hududida afg‘on chegara kuchlari Pokiston chegarachilariga qarshi javob hujumlari uyushtirgan.Afg‘on chegara politsiyasi rasmiy vakili Abdulla Faruqiyning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Pokistonning to‘rt askari o‘ldirilgan, bir nechta blokpostlar vayron qilingan. Torxam tumaniga qo‘shimcha kuchlar jalb etilganini xabar qilinmoqda.Yakshanbaga o‘tar kechasi Xost viloyatida afg‘on va pokistonlik harbiylar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.Baxtar davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, janglar natijasida Pokiston armiyasining bir nechta postlari og‘ir qurollar bilan nishonga olingan va yo‘q qilingan. Agentlik “dushman og‘ir inson yo‘qotishlari va katta moddiy zarar ko‘rgani”ni da’vo qilmoqda.Shu bilan birga, Reuters agentligi guvohlarga tayanib, Afg‘oniston poytaxti Kobulda kuchli portlash ovozi eshitilganini xabar qildi.O‘z navbatida, Pokiston tomoni ham o‘t ochganini tasdiqlab, keyinchalik Afg‘oniston bilan “ochiq urush” holati boshlanganini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260227/afgoniston-pokiston-55992209.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56037117_36:0:605:427_1920x0_80_0_0_0da6f42a9d53291347c498402f081211.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston, pokiston, kobul, torxam, nangarhor, xost, tira vodiysi, xayber-paxtunxva, durand chizig‘i, ishid, chegara to‘qnashuvi, harbiy operatsiya, reuters, baxtar agentligi, rta telekanali
afg‘oniston, pokiston, kobul, torxam, nangarhor, xost, tira vodiysi, xayber-paxtunxva, durand chizig‘i, ishid, chegara to‘qnashuvi, harbiy operatsiya, reuters, baxtar agentligi, rta telekanali
Afg‘oniston–Pokiston mojarosi: maxsus operatsiyalar va “ochiq urush” bayonotlari
13:01 01.03.2026 (yangilandi: 13:26 01.03.2026) Afg‘oniston va Pokiston chegarasida vaziyat keskinlashdi. Tira vodiysi va Torxam hududida operatsiyalar o‘tkazildi, Xostda to‘qnashuvlar qayd etildi, Kobulda portlash ovozi eshitildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashmoqda. So‘nggi kunlarda chegara hududlarida harbiy operatsiyalar, o‘q otishmalar va portlashlar
qayd etildi.
TOLOnews xabar berishicha, Afg‘oniston harbiylari Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Tira vodiysi hududida “Islom davlati” (IShID) jangarilariga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazgan. Manbaga ko‘ra, amaliyot davomida 10 nafar jangarӣ yo‘q qilingan.
Kanal tomonidan e’lon qilingan videolavhada afg‘on snayperi tog‘li hududdagi pozitsiyalarda joylashgan jangarilarni nishonga olayotgani aks etgani aytilmoqda.
Tira vodiysi Pokistonning g‘arbiy qismida, Afg‘oniston bilan chegaradosh tog‘li hudud hisoblanadi. Bu yerda asosan pushtun qabilalari yashaydi.
Afg‘onistonning Alemarah axborot portali ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni kechqurun Nangarhor viloyatidagi Torxam nazorat-o‘tkazish punkti hududida afg‘on chegara kuchlari Pokiston chegarachilariga qarshi javob hujumlari uyushtirgan.
Afg‘on chegara politsiyasi rasmiy vakili Abdulla Faruqiyning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Pokistonning to‘rt askari o‘ldirilgan, bir nechta blokpostlar vayron qilingan. Torxam tumaniga qo‘shimcha kuchlar jalb etilganini xabar qilinmoqda.
Yakshanbaga o‘tar kechasi Xost viloyatida afg‘on va pokistonlik harbiylar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Baxtar davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, janglar natijasida Pokiston armiyasining bir nechta postlari og‘ir qurollar bilan nishonga olingan va yo‘q qilingan. Agentlik “dushman og‘ir inson yo‘qotishlari va katta moddiy zarar ko‘rgani”ni da’vo qilmoqda.
Shu bilan birga, Reuters agentligi guvohlarga tayanib, Afg‘oniston poytaxti Kobulda kuchli portlash ovozi eshitilganini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston rasmiylari Pokiston harbiy-havo kuchlarining Afg‘oniston hududini bombardimon qilganiga javob sifatida Durand chizig‘i bo‘ylab pokistonlik harbiylarga qarshi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Pokiston tomoni ham o‘t ochganini tasdiqlab, keyinchalik Afg‘oniston bilan “ochiq urush” holati boshlanganini bildirgan.