O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlarini vazminlikka chaqirdi

© Sputnik / Aktan TemirkanovMinisterstvo inostrannix del Uzbekistana.
Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2026
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi mojaroni diplomatik vositalar yordamida hal qilishni tavsiya qildi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bugun Yaqin Sharq mintaqasida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonoti e’lon qilindi. Quyida uning to‘liq matni.
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildiradi.
Barcha tomonlarni vazminlikka da’vat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli keskinlashuvga sabab bo‘ladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.
Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va o‘zaro maqbul muloqot yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor bo‘lib qoladi", - deyiladi bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0