Endi farzandimiz beshta bo‘ldi — Xayrulla Ibadullayevning turmush o‘rtog‘i

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hayrullo Ibadullayevning oilasi va yaqin qarindoshlari bilan intervyu.
Bir necha kun oldin Sankt-Peterburgda 7-qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qolgan o‘zbekistonlik ishchi Xayrulla Ibadullayev Rossiyada haqiqiy qahramonga aylandi.
Sputnik muxbiri Qashqadaryo viloyatida Ibadullayevning qishlog‘ida bo‘lib uning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashdi.
Xayrullaning uy sharoitlari juda kamtarin. Oilasi, to‘rt nafar qiz farzandi va ota-onasi uni kutishmoqda.
“To‘rt qizim bor. Shularning kam-ko‘stini, hamma narsani qilib beruvchi mana shu xo‘jayinim bo‘ladi. Boshqa yordam keladigan joyim yo‘q meni”, deb hikoya qiladi Xayrullo Ibadullayevning turmush o‘rtog‘i Gulilola Safarova.
“Har telefon qilganimda, dadasi, bola yaxshimikan, deb so‘rayman. “Yaxshi deyishapti, yaxshi deyishapti”, deydi erim. Endi nima desam bo‘ladi, Xudo xo‘jayinimga shu o‘g‘ilni tepadan tashladi, u ushlab qoldi. Allohim balkim bizlarga ham o‘g‘il berar. Dadasi, endi u ham farzandimiz. To‘rt qizim bor edi, beshta bo‘ldi, deb hazillashib qo‘yaman”, - deydi Gulilola.
O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib ko‘rsatgan qahramonligi uchun Xayrulla Ibadullayev Rossiyada ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Unga Sankt-Peterburg gubernatori tomonidan “Qutqarishda jasorat uchun” ko‘krak nishoni bilan, shuningdek hamda “Chegarasiz katta yuraklar” mukofotining ilk laureati bo‘ldi. Bir million pul mukofoti ham oldi. O‘zbekiston prezidenti tomonidan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Xayrullaning o‘zi ushbu ishni juda kamtarin baholaydi.
"Menimcha har bir erkak ham shu ishni qilar edi, ayniqsa u yosh bola bo‘lsa", - dedi Xayrullo.
Hayrullo Ibadullayevning oilasi va yaqin qarindoshlari bilan to‘liq suhbatni Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Plemannik Ibadullayeva rasskazal o nyom i yego semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Sankt-Peterburgda bolani qutqarib qolgan Ibadullayev haqida uning jiyani so‘zlab berdi
Yangiliklar lentasi
0