O‘zbekistonlik sablyachilar Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lishdi

© NOK UzbekistanaUzbekistanskie sablistki zavoyevali serebranuyu medal na chempionate Azii v Indonezii.
Uzbekistanskie sablistki zavoyevali serebranuyu medal na chempionate Azii v Indonezii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2026
Obuna bo‘lish
Finalda ular xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachilar Indoneziyadagi qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida jamoaviy dasturda kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sablya bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar saralashda Avstraliya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
Biroq finalda xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqishdi.
Fernanda Errera - chempionka Azii! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
O‘zbekistonlik sablyachi Osiyo chempioni bo‘ldi — u kimlarni mag‘lubiyatga uchratdi?
Yangiliklar lentasi
0