Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi - foto

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Mazkur tadbir muzey faoliyatining ilk yillaridan boshlab har yili fevral oyida buyuk fransuz mexanigi Jak de Vokanson tavallud kuniga bag‘ishlab tashkil etib kelinmoqda.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 2026 yil 25-fevral kuni an’anaviy Toshkent politexnika muzeyi "Robot – 2026" ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
1737 yilda Jak de Vokanson tomonidan yaratilgan ilk ishlaydigan odamsimon robot insoniyat tarixida muhim voqea sifatida qayd etilgan. Inson o‘lchamidagi ushbu android nayda kuy chalish qobiliyatiga ega bo‘lib, uning repertuarida 12 ta musiqiy asar mavjud bo‘lgan. Ixtirochi 1709-yil 24-fevralda tug‘ilgan bo‘lib, aynan shu sana Toshkent politexnika muzeyida robotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish an’anasining boshlang‘ich nuqtasiga aylangan.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Robot – 2026" ko‘rgazmasi yosh ixtirochilar va bo‘lajak muhandislar uchun o‘z ishlanmalarini keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyatini yaratdi va robototexnika sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bu yil o‘n birinchi marotaba tashkil etilgan ko‘rgazma shahar aholisi, mehmonlar va ayniqsa robototexnikaga qiziquvchi yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda Turin politexnika universiteti Toshkent filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda "Kyelajak" respublika markazining tuman va viloyat bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma doirasida universitet talabalari tomonidan yaratilgan turli robotlar – xizmat ko‘rsatuvchi modellar, intellektual boshqaruv tizimlari va ta’limiy robotlar namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar har bir ishlanma bilan yaqindan tanishish, mualliflar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Toshkent politexnika muzeyi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbir yosh avlodni texnika va ilmiy-tafakkur yutuqlariga jalb etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda robototexnika va kibernetika sohalarining jadal rivojlanishi zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismiga aylangan.

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda XI robototexnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Robot – 2026" ko‘rgazmasi esa yosh ixtirochilar uchun o‘z iqtidorini namoyon etish va kelajakdagi rivojlanishlari uchun mustahkam zamin yaratdi.