https://oz.sputniknews.uz/20260226/samarkand-gef-assambleyasi-55957223.html
Orolbo‘yi va ekologik loyihalar uchun grant imkoni: Samarqandda GEF Assambleyasi bo‘lib o‘tadi
Orolbo‘yi va ekologik loyihalar uchun grant imkoni: Samarqandda GEF Assambleyasi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil may–iyun oylarida Samarqandda GEF VIII Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekistonga ekologik loyihalar uchun xalqaro grantlar jalb qilish, Orolbo‘yini tiklash va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini beradi.
2026-02-26T12:23+0500
2026-02-26T12:23+0500
2026-02-26T12:23+0500
ekologiya
o‘zbekiston
orol dengizi
iqlim o‘zgarishi
samarqand
jamiyat
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1260/56/12605632_0:44:1000:607_1920x0_80_0_0_6e3032db4cb3b201586fcd0da20e0028.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 2026-yil 31-may-6 iyun kunlari Samarqand shahrida atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Global Environment Facility (GEF)ning VIII Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.GEF Assambleyasi 180 tadan ortiq davlat, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiradi. Muhokamalar markazida iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash, yer degradatsiyasiga qarshi kurash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish masalalari bo‘ladi.GEF dunyodagi yirik ekologik moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Assambleya yangi grant dasturlari va investitsiya tashabbuslari uchun imkoniyat yaratib, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv boshqaruvi hamda noyob flora va faunani muhofaza qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Shuningdek, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va transchegaraviy ekologik masalalar bo‘yicha qo‘shma qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251124/central-asia-samarkand-deklaratsiya-53696886.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1260/56/12605632_58:0:867:607_1920x0_80_0_0_72f5d67f7788c3e84ad8c8548c7e1726.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand, o‘zbekiston, gef, global ekologik fond, orolbo‘yi, orol dengizi, grantlar, ekologik loyihalar, iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyot, markaziy osiyo
samarqand, o‘zbekiston, gef, global ekologik fond, orolbo‘yi, orol dengizi, grantlar, ekologik loyihalar, iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyot, markaziy osiyo
Orolbo‘yi va ekologik loyihalar uchun grant imkoni: Samarqandda GEF Assambleyasi bo‘lib o‘tadi
180 tadan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadigan forumda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va bioxilma-xillikni saqlash masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 2026 yil 31-may-6 iyun kunlari Samarqand shahrida atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Global Environment Facility (GEF)ning VIII Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
GEF Assambleyasi 180 tadan ortiq davlat, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiradi. Muhokamalar markazida iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash, yer degradatsiyasiga qarshi kurash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish masalalari bo‘ladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish va qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Assambleya bu sa’y-harakatlarni xalqaro maydonda taqdim etish va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashni jalb qilish imkonini beradi.
GEF dunyodagi yirik ekologik moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Assambleya yangi grant dasturlari va investitsiya tashabbuslari uchun imkoniyat yaratib, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv boshqaruvi hamda noyob flora va faunani muhofaza qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va transchegaraviy ekologik masalalar bo‘yicha qo‘shma qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ayniqsa dolzarb hisoblanadi.