https://oz.sputniknews.uz/20260226/mishustin-migratsiya-soha-malumotlar-55966060.html
Mishustin Rossiya Davlat dumasiga hisobot taqdim etdi — migratsiya sohasidagi ma’lumotlar
Mishustin Rossiya Davlat dumasiga hisobot taqdim etdi — migratsiya sohasidagi ma’lumotlar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hukumati raisi Mixail Mishustin Davlat Dumasidagi hisobotida migratsiya sohasidagi choralar haqida ma’lum qildi. 2025-yilda 840 ming noqonuniy shaxs reyestrga kiritilgan, 72 ming kishi chiqarib yuborilgan.
2026-02-26T13:59+0500
2026-02-26T13:59+0500
2026-02-26T13:59+0500
migrantlar
mixail mishustin
rossiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55965541_0:33:3059:1754_1920x0_80_0_0_1e6a35346ab0b49e791a4d27d59eb59c.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya Davlat dumasida RF Hukumatining 2025-yil uchun yillik hisoboti taqdim etildi. Bosh vazir Mixail Mishustin yillik hisobotida qator yo‘nalishlar qatorida migratsiya sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ham to‘xtaldi.Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya sohasida tartib o‘rnatish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Rus tili va imtihonlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi, maktabga qabul qilinadigan bolalar uchun test joriy etildi. Shuningdek, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihalari qo‘llab-quvvatlandi. Xavfli kasalliklarni aniqlash muddati 14 kun, keyingi chiqarib yuborish esa 5 kun etib belgilangan.Yagona biometrik tizimga 9,5 million xorijlik ma’lumot topshirgan. 50 ming nafarga yaqin migrantning kirishiga yo‘l qo‘yilmagan. Shuningdek, mobil aloqa shartnomalarini rasmiylashtirishda 3,9 million xorijlik shaxsini biometrik tizim orqali tasdiqlagan.Shuningdek, xorijiy ishchilarni maqsadli va tartibli jalb qilish mexanizmi rivojlantirilmoqda. Unga ko‘ra, daktiloskopiya, imtihon va tibbiy ko‘rik kabi majburiy tartiblar chet elda, xodimning yashash mamlakatida o‘tkazilishi mumkin. Bunday tartib migrantni aniq ish beruvchiga biriktirish va jarayonni shaffoflashtirishga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260218/russia-ish-uzbekistan-tanlov-joylashtiruv-55789372.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55965541_174:0:2905:2048_1920x0_80_0_0_9e716c31ae8273dbc531654177df2dea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, davlat dumasi, mixail mishustin, migratsiya siyosati, noqonuniy migrantlar, biometriya, yagona biometrik tizim, chiqarib yuborish, soliq, reyestr
rossiya, davlat dumasi, mixail mishustin, migratsiya siyosati, noqonuniy migrantlar, biometriya, yagona biometrik tizim, chiqarib yuborish, soliq, reyestr
Mishustin Rossiya Davlat dumasiga hisobot taqdim etdi — migratsiya sohasidagi ma’lumotlar
Hisobotda reyestr ishga tushirilishi, biometrik tizim orqali nazorat va xavfli kasalliklarni aniqlash muddatlari haqida raqamlar keltirildi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya Davlat dumasida RF Hukumatining 2025-yil uchun yillik hisoboti taqdim etildi. Bosh vazir Mixail Mishustin yillik hisobotida qator yo‘nalishlar qatorida migratsiya sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ham
to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya sohasida tartib o‘rnatish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Rus tili va imtihonlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi, maktabga qabul qilinadigan bolalar uchun test joriy etildi. Shuningdek, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihalari qo‘llab-quvvatlandi. Xavfli kasalliklarni aniqlash muddati 14 kun, keyingi chiqarib yuborish esa 5 kun etib belgilangan.
2025 yilda noqonuniy bo‘lib turgan shaxslar uchun nazorat reyestri ishga tushirildi. 6-fevral holatiga ko‘ra, bunday shaxslar soni taxminan 840 ming nafarni tashkil etgan. Ular uchun harakatlanish, transport boshqarish, bitimlar tuzish, nikoh va bank xizmatlaridan foydalanish kabi cheklovlar joriy etilgan. Yil davomida 72 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Yagona biometrik tizimga 9,5 million xorijlik ma’lumot topshirgan. 50 ming nafarga yaqin migrantning kirishiga yo‘l qo‘yilmagan. Shuningdek, mobil aloqa shartnomalarini rasmiylashtirishda 3,9 million xorijlik shaxsini biometrik tizim orqali tasdiqlagan.
Hukumat migrantlar haqidagi ma’lumotlarni birlashtirish uchun raqamli profil joriy etishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, xorijiy ishchilarni maqsadli va tartibli jalb qilish mexanizmi rivojlantirilmoqda. Unga ko‘ra, daktiloskopiya, imtihon va tibbiy ko‘rik kabi majburiy tartiblar chet elda, xodimning yashash mamlakatida o‘tkazilishi mumkin. Bunday tartib migrantni aniq ish beruvchiga biriktirish va jarayonni shaffoflashtirishga qaratilgan.