https://oz.sputniknews.uz/20260226/loyiha-prezident-ramziy-tugma-bosilish-55980745.html
Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik 44 ta loyiha: prezident ramziy tugmani bosdi
Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik 44 ta loyiha: prezident ramziy tugmani bosdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda umumiy qiymati 7,1 mlrd dollar bo‘lgan 44 ta loyihani ishga tushirish va boshlash marosimida ishtirok etdi. Loyihalar 18 ming yangi ish o‘rni va 1,4 mlrd dollarlik eksport imkonini yaratadi.
2026-02-26T18:08+0500
2026-02-26T18:08+0500
2026-02-26T18:08+0500
o‘zbekiston
iqtisod
shavkat mirziyoyev
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55980577_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_f5351e59b4a786ff8023857c5507995f.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.O‘tgan yili viloyat yalpi hududiy mahsuloti 63,7 trillion so‘mga yetdi. 18,8 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, 2,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. 37 davlatga 483 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi.Taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati qariyb 1,6 milliard dollar bo‘lib, ular Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Yaponiya, Germaniya, Hindiston va Mo‘g‘uliston bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Jumladan, 741 million dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, 6,3 milliard dollarlik 31 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.Ushbu loyihalar natijasida 18 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, 82 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi va 1,4 milliard dollarlik eksport hajmiga erishilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/energetika-obekt-loyiha-start-53969679.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55980577_55:0:1192:853_1920x0_80_0_0_22c78d99119c85ab226ceae3d3fee885.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, surxondaryo, 7,1 mlrd dollar, investitsiya, xorijiy investorlar, eksport, 18 ming ish o‘rni, sanoat loyihalari, xitoy, rossiya, turkiya
shavkat mirziyoyev, surxondaryo, 7,1 mlrd dollar, investitsiya, xorijiy investorlar, eksport, 18 ming ish o‘rni, sanoat loyihalari, xitoy, rossiya, turkiya
Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik 44 ta loyiha: prezident ramziy tugmani bosdi
Viloyatda 741 million dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirildi, 6,3 milliard dollarlik 31 ta yirik obyekt qurilishi boshlandi. Yangi ish o‘rinlari va eksport hajmi sezilarli oshishi kutilmoqda.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi.
O‘tgan yili viloyat yalpi hududiy mahsuloti 63,7 trillion so‘mga yetdi. 18,8 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, 2,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. 37 davlatga 483 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi.
Taqdim etilgan loyihalarning umumiy qiymati qariyb 1,6 milliard dollar bo‘lib, ular Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Yaponiya, Germaniya, Hindiston va Mo‘g‘uliston bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shundan so‘ng jamoatchilik ishtirokida umumiy qiymati 7,1 milliard dollar bo‘lgan 44 ta loyihani ishga tushirish va boshlash marosimi o‘tkazildi. Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, mebelsozlik, oziq-ovqat, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalaridagi yangi loyihalarga start berdi.
Jumladan, 741 million dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, 6,3 milliard dollarlik 31 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.
Ushbu loyihalar natijasida 18 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, 82 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi va 1,4 milliard dollarlik eksport hajmiga erishilishi kutilmoqda.