https://oz.sputniknews.uz/20260225/ramazon-xorij-ozbekistonliklar-iftorliklar-55938545.html
Ramazonda xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 50 tadan ortiq shaharda iftorliklar o‘tkaziladi
Ramazonda xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 50 tadan ortiq shaharda iftorliklar o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi bilan 10 mamlakat va 50 dan ortiq shaharda iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Rossiya va AQShdagi uchrashuvlarda diplomatlar va ulamolar vatandoshlar bilan muloqot qiladi.
2026-02-25T15:58+0500
2026-02-25T15:58+0500
2026-02-25T15:58+0500
o‘zbekiston tiv
migrantlar
migratsiya
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
jamiyat
ramazon oyi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55938188_0:1:950:535_1920x0_80_0_0_69a6ab53806e04be1b04dfcc56da4cbf.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Joriy yilda tashabbus 10 ta mamlakat va 50 tadan ortiq shaharni qamrab oladi. Tadbirlar xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan o‘zbekistonliklarni birlashtirishga qaratilgan.Iftorliklar O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.Uchrashuvlarda ulamolar va imom-xatiblar ishtirokida islom dinining insonparvarlik mohiyati, milliy qadriyatlarga sadoqat va vatandoshlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.Tadbirlarning asosiy maqsadi xorijdagi fuqarolar, ayniqsa mehnat migrantlari va talabalarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning vatan bilan bog‘liqligini mustahkamlashdan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20260224/ramazon-ulamolar-prezident-tashakkur-55904407.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/19/55938188_119:0:832:535_1920x0_80_0_0_549e9587127f2f7b14f9698c5454f59c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ramazon, iftorlik, xorijdagi o‘zbekistonliklar, rossiya, aqsh, tashqi ishlar vazirligi, o‘zbekiston musulmonlari idorasi, din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mehnat migrantlari, talabalar, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, tiv
o‘zbekiston, ramazon, iftorlik, xorijdagi o‘zbekistonliklar, rossiya, aqsh, tashqi ishlar vazirligi, o‘zbekiston musulmonlari idorasi, din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mehnat migrantlari, talabalar, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, tiv
Ramazonda xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 50 tadan ortiq shaharda iftorliklar o‘tkaziladi
Tadbirlar vatandoshlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va vatan bilan bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar uchun keng ko‘lamli iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Joriy yilda tashabbus 10 ta mamlakat va 50 tadan ortiq shaharni qamrab oladi. Tadbirlar xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan o‘zbekistonliklarni birlashtirishga qaratilgan.
Xususan, Rossiyaning 20 ta va AQShning 10 ta shahrida iftorliklar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayrim shaharlarda tadbirlar vatandoshlar homiyligida ham tashkil etiladi.
Iftorliklar O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlarda ulamolar va imom-xatiblar ishtirokida islom dinining insonparvarlik mohiyati, milliy qadriyatlarga sadoqat va vatandoshlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi xorijdagi fuqarolar, ayniqsa mehnat migrantlari va talabalarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning vatan bilan bog‘liqligini mustahkamlashdan iborat.