Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda yagona intellektual transport makoni: tashuvchilarga bundan qanday foyda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGruzovie avtomobili na trasse
Gruzovie avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Obuna bo‘lish
Haydovchilar yo‘l holati, tirbandlik va ob-havo haqida tezkor ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda intellektual transport tizimlari hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat YeOII mamlakatlari o‘rtasida intellektual transport tizimlarini integratsiya qilish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Amaliy chora-tadbirlar qatorida asosiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish, ma’lumot almashinuvi formatlarini ishlab chiqish va tegishli meyoriy bazani takomillashtirish belgilangan.
Intellektual transport tizimlarining o‘zaro integratsiyasi yagona axborot makonini yaratishga xizmat qiladi. Bu orqali tashuvchilar ob-havo sharoiti, tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalari haqida standartlashtirilgan ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.
Jeleznodorojniy tranzit v Kazaxstane viros bolee chem na 20% v 2025 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘iston yirik transport-logistika xabga aylanmoqda — temir yo‘l tranziti 20%dan ko‘p o‘sdi
Yangiliklar lentasi
0