https://oz.sputniknews.uz/20260224/yoshlar-imkoniyatlar-ipoteka-soliq-kitobxonlar-55918517.html
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: ipoteka yengilliklari, soliq imtiyozi, kitobxonlarga 10 mln so‘m
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: ipoteka yengilliklari, soliq imtiyozi, kitobxonlarga 10 mln so‘m
Sputnik O‘zbekiston
Prezident yoshlar bilan uchrashuvda kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish, xususiy o‘quv markazlariga soliq imtiyozlari berish, volontorlikni qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalar ipotekasini yengillashtirish bo‘yicha yangi qarorlarni e’lon qildi.
2026-02-24T15:37+0500
2026-02-24T15:37+0500
2026-02-24T15:59+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ta’lim
kitob
texnikum
otm
kasb-hunar maktablari
yoshlar
yoshlar siyosati
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55917983_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_4892f8060e7356a933fef0b1729ac927.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida kasbiy ta’limni rivojlantirish, xususiy o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash, volontorlik harakatini kengaytirish va yosh oilalarga ipoteka yordamini kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar e’lon qilindi.Kasbiy ta’lim va “dual” tizimO‘tgan yili Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, hududlarda kengashlar ish boshladi. Endi texnikumlarda o‘quv dasturlari ish beruvchilar talabiga moslashtiriladi, “dual ta’lim” kengaytiriladi. Har yili kamida 100 ta texnikum to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy jihozlanadi.Texnikumlarga “spin-off” ochishga ruxsat beriladi, o‘quvchilar startaplariga 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. “Work and travel” dasturi asosida texnikum o‘quvchilariga ham xorijda ishlash imkoniyati yaratiladi.Xususiy o‘quv markazlariga imtiyozlarXorijiy til sertifikatiga ega yoshlar soni 600 mingdan oshdi. Xususiy o‘quv markazlari 3 barobar ko‘payib, 38 mingdan oshgan.Endilikda uyushmaga a’zo markazlarga binolarni ijaraga bergan tadbirkorlar ijara va foyda solig‘idan ozod etiladi. Olis hududlardagi markazlar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz, daromad solig‘i 7,5 foiz qilib belgilanadi.“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 mln so‘mgacha foizsiz, biznesini kengaytiruvchilarga 300 million so‘mgacha ssuda beriladi. Har bir tumanda kasb-hunar laboratoriyalari tashkil etish uchun 500 mln so‘mgacha ajratiladi.Universitetlarda yangi tajribaQo‘qon universiteti 400 o‘rinli zamonaviy o‘quv markazini ishga tushirdi va ehtiyojmand yoshlarni dasturlash, sun’iy intellekt va robototexnikaga bepul o‘qitadi.Toshkent agrar universiteti talabalari “dual” ta’lim asosida agro-tex klasterda o‘qib, ishlab maosh oladi. “Kelajak fermerlari” jamoalari tajriba maydonlarida ishlaydi.Volontorlik va grantlarVolontorlar soni 100 mingdan oshgan. Yoshlar ishlari agentligida “Volontorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil etilib, har yili 20 mlrd so‘m ajratiladi. Loyihalarga 100 mln so‘mgacha grant beriladi.Yosh oilalar va kitobxonlikOsh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi budjet hisobidan qoplanadi.“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali yozuvchilarga oyiga 20 mln so‘mdan ijodiy haq to‘lanadi. Eng yaxshi 100 ta asar maktab va texnikumlarga yetkaziladi.“Ikkinchi imkon” loyihasiJazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlar uchun “Ikkinchi imkon” dasturi ishga tushiriladi. Ular 8–12 oylik intensiv kurslarda zamonaviy kasblarga o‘qitiladi. Loyiha 1-iyundan ayrim hududlarda boshlanib, keyin barcha viloyatlarga joriy etiladi.Davlat rahbari nutqidan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot boshlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250908/talim-tizimi-51826302.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55917983_86:0:1223:853_1920x0_80_0_0_8a3a08f7c91cfcd8fea6092866050f44.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, yoshlar uchrashuvi, kasbiy ta’lim, dual ta’lim, texnikum, xususiy o‘quv markazlari, soliq imtiyozlari, volontorlik jamg‘armasi, yosh oilalar ipotekasi, ikkinchi imkon loyihasi, kitobxonlik jamg‘armasi
shavkat mirziyoyev, yoshlar uchrashuvi, kasbiy ta’lim, dual ta’lim, texnikum, xususiy o‘quv markazlari, soliq imtiyozlari, volontorlik jamg‘armasi, yosh oilalar ipotekasi, ikkinchi imkon loyihasi, kitobxonlik jamg‘armasi
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: ipoteka yengilliklari, soliq imtiyozi, kitobxonlarga 10 mln so‘m
15:37 24.02.2026 (yangilandi: 15:59 24.02.2026) Uchrashuvda texnikumlarni modernizatsiya qilish, xususiy o‘quv markazlariga soliq yengilliklari berish hamda yoshlar uchun yangi grant va ssuda dasturlarini joriy etish bo‘yicha qarorlar e’lon qilindi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida kasbiy ta’limni rivojlantirish, xususiy o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash, volontorlik harakatini kengaytirish va yosh oilalarga ipoteka yordamini kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar
e’lon qilindi.
Kasbiy ta’lim va “dual” tizim
O‘tgan yili Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, hududlarda kengashlar ish boshladi. Endi texnikumlarda o‘quv dasturlari ish beruvchilar talabiga moslashtiriladi, “dual ta’lim” kengaytiriladi. Har yili kamida 100 ta texnikum to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy jihozlanadi.
Texnikumlarga “spin-off” ochishga ruxsat beriladi, o‘quvchilar startaplariga 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. “Work and travel” dasturi asosida texnikum o‘quvchilariga ham xorijda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Xususiy o‘quv markazlariga imtiyozlar
Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar soni 600 mingdan oshdi. Xususiy o‘quv markazlari 3 barobar ko‘payib, 38 mingdan oshgan.
Endilikda uyushmaga a’zo markazlarga binolarni ijaraga bergan tadbirkorlar ijara va foyda solig‘idan ozod etiladi. Olis hududlardagi markazlar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz, daromad solig‘i 7,5 foiz qilib belgilanadi.
“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 mln so‘mgacha foizsiz, biznesini kengaytiruvchilarga 300 million so‘mgacha ssuda beriladi. Har bir tumanda kasb-hunar laboratoriyalari tashkil etish uchun 500 mln so‘mgacha ajratiladi.
Universitetlarda yangi tajriba
Qo‘qon universiteti 400 o‘rinli zamonaviy o‘quv markazini ishga tushirdi va ehtiyojmand yoshlarni dasturlash, sun’iy intellekt va robototexnikaga bepul o‘qitadi.
Toshkent agrar universiteti talabalari “dual” ta’lim asosida agro-tex klasterda o‘qib, ishlab maosh oladi. “Kelajak fermerlari” jamoalari tajriba maydonlarida ishlaydi.
Volontorlar soni 100 mingdan oshgan. Yoshlar ishlari agentligida “Volontorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil etilib, har yili 20 mlrd so‘m ajratiladi. Loyihalarga 100 mln so‘mgacha grant beriladi.
Yosh oilalar va kitobxonlik
Yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi budjet hisobidan qoplanadi.
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali yozuvchilarga oyiga 20 mln so‘mdan ijodiy haq to‘lanadi. Eng yaxshi 100 ta asar maktab va texnikumlarga yetkaziladi.
“Ikkinchi imkon” loyihasi
Jazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlar uchun “Ikkinchi imkon” dasturi ishga tushiriladi. Ular 8–12 oylik intensiv kurslarda zamonaviy kasblarga o‘qitiladi. Loyiha 1-iyundan ayrim hududlarda boshlanib, keyin barcha viloyatlarga joriy etiladi.
Davlat rahbari nutqidan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot boshlandi.