https://oz.sputniknews.uz/20260224/yosh-tadbirkorlar-yangi-choralar-55917285.html
Yosh tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kredit: yangi qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi
Yosh tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kredit: yangi qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator yangi moliyaviy choralarni ma’lum qildi. 24.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-24T14:58+0500
2026-02-24T14:58+0500
2026-02-24T15:02+0500
o‘zbekiston
jamiyat
tadbirkor
shavkat mirziyoyev
kredit
imtiyoz
yoshlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55917121_0:89:1280:809_1920x0_80_0_0_322847b0c2b9116a77f71e8c0c8d6567.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar bilan muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetadi. Kreditlar miqdori oshiriladiJoriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushirilib, 7-yilgacha 15 foizli kreditlar ajratiladi. Shartlariga ko‘ra:“Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida oliygoh bitiruvchilari stajirovka asosida tanlab olinib, oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.Yangi infratuzilma va inkubatorlarOsh tadbirkorlarning 30 foizi biznes ko‘nikmalari yetishmasligi sabab qiyinchilikka duch kelayotgani qayd etildi. Shu bois har bir hududda “Yoshlar biznes inkubatori” tashkil etilib, buxgalteriya, marketing va bozorga chiqish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida eng yaxshi 1 ming nafar yoshga 3-yilgacha 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi. “Yosh tadbirkorlar” tanlovida g‘olib bo‘lgan 100 ta loyihaga “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.“Upshift” startap dasturi kengaytirilib, media, dizayn, hunarmandchilik va innovatsiya yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Eng yaxshi 40 ta loyihaga 2 milliard so‘m ajratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260213/yosh-tadbirkorlar-chempionati-55674057.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55917121_5:0:1142:853_1920x0_80_0_0_1598d6f4f305a4ee4545ae18e90cc0b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, tadbirkor, shavkat mirziyoyev, kredit, imtiyoz, yoshlar, iqtisod
o‘zbekiston, jamiyat, tadbirkor, shavkat mirziyoyev, kredit, imtiyoz, yoshlar, iqtisod
Yosh tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kredit: yangi qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi
14:58 24.02.2026 (yangilandi: 15:02 24.02.2026) Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator yangi moliyaviy choralarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar bilan muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetadi.
So‘rovnomalarga ko‘ra, yoshlarning uchdan biri tadbirkorlik qilish istagini bildirgan. O‘tgan yili ular bandligini ta’minlash uchun 400 million dollar ajratilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda yana 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Kreditlar miqdori oshiriladi
o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kreditlar 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha;
yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha;
innovatsion startaplarga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushirilib, 7-yilgacha 15 foizli kreditlar ajratiladi. Shartlariga ko‘ra:
garovsiz 20 million so‘mgacha;
yangi biznes boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha;
faoliyatini kengaytiruvchilarga 2 milliard so‘mgacha;
kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olganlarga 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.
“Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida oliygoh bitiruvchilari stajirovka asosida tanlab olinib, oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.
Yangi infratuzilma va inkubatorlar
Yosh tadbirkorlarning 30 foizi biznes ko‘nikmalari yetishmasligi sabab qiyinchilikka duch kelayotgani qayd etildi. Shu bois har bir hududda “Yoshlar biznes inkubatori” tashkil etilib, buxgalteriya, marketing va bozorga chiqish bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida eng yaxshi 1 ming nafar yoshga 3-yilgacha 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi. “Yosh tadbirkorlar” tanlovida g‘olib bo‘lgan 100 ta loyihaga “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
1 martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari qoplab beriladi.
“Upshift” startap dasturi kengaytirilib, media, dizayn, hunarmandchilik va innovatsiya yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Eng yaxshi 40 ta loyihaga 2 milliard so‘m ajratiladi.