Ramazon oyida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uchun ulamolar prezidentga tashakkur bildirdi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaPredstaviteli duxovenstva Uzbekistana napravili pismo Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu
Predstaviteli duxovenstva Uzbekistana napravili pismo Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2026
Obuna bo‘lish
Ajratilgan 750 mlrd va 300 mlrd so‘mlik mablag‘lar munosabati bilan ulamolar prezidentga minnatdorchilik bildirib, bu qarorni ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan qadam deb baholadi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston ulamolari Ramazon oyi arafasida ushbu muborak oyni munosib o‘tkazish, aholiga ijtimoiy va ma’naviy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Ramazon oyida "Vaqf" xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi O‘zbekiston tarixida misli ko‘rilmagan muruvvat namunasi sifatida baholangan.
Mazkur qaror Ramazon oyini saxovat va mehr-muruvvat ayyomi sifatida munosib o‘tkazish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ulamolar bunday e’tiborni “Inson qadri uchun!” tamoyilining amaliy ifodasi sifatida baholagan.

Shuningdek, mamlakatda Ramazon oyida ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha davlat darajasida qaror qabul qilinishi dunyo tajribasida kam uchraydigan holat ekani ta’kidlangan.

Bayonotda qayd etilishicha, ajratilgan mablag‘lar minglab oilalarni qo‘llab-quvvatlash, davolanish va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga ko‘mak berish imkonini yaratadi.
2000 tadan ortiq masjidlarda xatmi Qur’onlar o‘tkazilishi hamda yirik ma’rifiy majmualar barpo etilishi prezidentning islom ma’rifatiga qo‘shayotgan hissasi sifatida baholandi.
Ulamolar prezidentni muborak Ramazon oyi bilan qutlab, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lidagi ishlariga muvaffaqiyat tilagan.
Sotsialnaya pomosh starikam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Ramazonda 6 ming bemor bepul davolanadi, ehtiyojmand va keksalarga moddiy yordam beriladi
Yangiliklar lentasi
0