https://oz.sputniknews.uz/20260224/gaz-qidiruv-ozbekneftgaz-ozgarishlar-55902094.html
Yangi gaz quduqlari va qidiruvni kuchaytirish: “O‘zbekneftgaz”dagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi
Yangi gaz quduqlari va qidiruvni kuchaytirish: “O‘zbekneftgaz”dagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz”da tashkiliy optimallashtirish, kredit portfelini tartibga solish va debitor qarzdorlikni qisqartirish ishlari boshlandi. Yangi gaz konlari ochildi, forenzik audit va ESG tamoyillari joriy etiladi.
2026-02-24T09:23+0500
2026-02-24T09:23+0500
2026-02-24T10:06+0500
o‘zbekiston
jamiyat
gaz
neft
o‘zbekneftgaz
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55901922_0:110:1280:830_1920x0_80_0_0_0594788a9b8c23d964af6fdaa61b10cc.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, markaziy apparat tuzilmasi optimallashtirilmoqda, ishlab chiqarish xizmatlari va pudrat ishlari bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda, kredit portfeli tartibga solinmoqda. Sohaga oid bo‘lmagan aktivlar chiqarilmoqda hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.Strategik rivojlanish doirasida forenzik audit o‘tkazish, xarid jarayonlarini takomillashtirish, ESG tamoyillarini joriy etish va hisobotlarni xalqaro standartlarga mos tayyorlash ishlari tezlashtiriladi.Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.Ma’lumot uchun: Forenzik audit — moliyaviy faoliyatni chuqur tahlil qilib, ehtimoliy qonunbuzilish yoki korrupsiya holatlarini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv.ESG (Environmental, Social, Governance) — kompaniya faoliyatida ekologik mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va korporativ boshqaruv standartlariga rioya qilish tamoyillari.
https://oz.sputniknews.uz/20260130/mirziyoev-ozbekneftgaz-55386531.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/18/55901922_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_581fc8fa2bb93a055db1837ff475bdbb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekneftgaz, gaz kondensat koni, energetika o‘zbekiston, forenzik audit, esg, 3d seysmik qidiruv, uglevodorod zaxiralari, debitor qarzdorlik
shavkat mirziyoyev, o‘zbekneftgaz, gaz kondensat koni, energetika o‘zbekiston, forenzik audit, esg, 3d seysmik qidiruv, uglevodorod zaxiralari, debitor qarzdorlik
Yangi gaz quduqlari va qidiruvni kuchaytirish: “O‘zbekneftgaz”dagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi
09:23 24.02.2026 (yangilandi: 10:06 24.02.2026) Kompaniya tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, moliyaviy intizom kuchaytirilmoqda. Yangi gaz konlari ochildi, xalqaro standartlarga o‘tish tezlashtiriladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, markaziy apparat tuzilmasi optimallashtirilmoqda, ishlab chiqarish xizmatlari va pudrat ishlari bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda, kredit portfeli tartibga solinmoqda. Sohaga oid bo‘lmagan aktivlar chiqarilmoqda hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.
2026–2027 yillarda yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirish, 3D seysmik tadqiqotlar hajmini oshirish va quduqlarni qurilish bilan yakunlash rejalashtirilgan. Joriy yil yanvar–fevral oylarida ikkita yangi gaz kondensat koni ochilgani ma’lum qilindi.
Strategik rivojlanish doirasida forenzik audit o‘tkazish, xarid jarayonlarini takomillashtirish, ESG tamoyillarini joriy etish va hisobotlarni xalqaro standartlarga mos tayyorlash ishlari tezlashtiriladi.
Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun: Forenzik audit — moliyaviy faoliyatni chuqur tahlil qilib, ehtimoliy qonunbuzilish yoki korrupsiya holatlarini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv.
ESG (Environmental, Social, Governance) — kompaniya faoliyatida ekologik mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va korporativ boshqaruv standartlariga rioya qilish tamoyillari.