https://oz.sputniknews.uz/20260222/usa-elchi-gaza-bayonot-qoralanish-55866689.html
“Injil huquqi”ga javob: 14 arab davlati AQSh elchisining G‘azo bo‘yicha bayonotini qoraladi
“Injil huquqi”ga javob: 14 arab davlati AQSh elchisining G‘azo bo‘yicha bayonotini qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
14 arab va islom davlati, shuningdek, qator mintaqaviy tashkilotlar AQShning Isroildagi elchisi Mayk Haqabiyning Yaqin Sharq hududlari haqidagi bayonotini keskin qoraladi. Bu haqda RIA Novosti BAA TIV ma’lumotiga tayanib xabar qildi.
2026-02-22T11:01+0500
2026-02-22T11:01+0500
2026-02-22T11:01+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
isroil
donald tramp
bmt
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0e/49914780_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_8813c158f20456d2b204d0d158978376.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 14 ta arab va islom davlati, jumladan, BAA, Misr, Iordaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqalar AQShning Isroildagi elchisi Mayk Haqabiyning bayonotini keskin qoraladi. Bu haqda RIA Novosti BAA Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar qildi. Qo‘shma bayonot Islom hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi ishtirokida e’lon qilindi.Qo‘shma bayonotda bunday fikrlar xalqaro huquq tamoyillari va BMT Nizomiga zid ekani, mintaqada keskinlikni kuchaytirishi ta’kidlandi. Shuningdek, elchining bayonotlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan G‘azodagi mojaroni to‘xtatishga qaratilgan rejaga ham zid ekani qayd etildi.Arab va islom mamlakatlari Isroil bosib olingan Falastin hududi va boshqa arab yerlari ustidan hech qanday suverenitetga ega emasligini ta’kidlab, G‘arbiy sohilni anneksiya qilish, G‘azoni ajratish yoki ko‘chirish faoliyatini kengaytirishga qaratilgan har qanday harakatlarni rad etishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251018/isroil-tinchlik-sulhni-47-marta-buzdi--gazo-hukumati-52817462.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0e/49914780_156:0:1116:720_1920x0_80_0_0_8b05cf0be03e63dac4b20cae140eb070.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baa, misr, iordaniya, turkiya, saudiya arabistoni, qatar, falastin, isroil, aqsh, mayk haqabiy, donald tramp, yaqin sharq, g‘aza, g‘arbiy sohil, iht, arab davlatlari ligasi, xalqaro huquq, bmt nizomi
baa, misr, iordaniya, turkiya, saudiya arabistoni, qatar, falastin, isroil, aqsh, mayk haqabiy, donald tramp, yaqin sharq, g‘aza, g‘arbiy sohil, iht, arab davlatlari ligasi, xalqaro huquq, bmt nizomi
“Injil huquqi”ga javob: 14 arab davlati AQSh elchisining G‘azo bo‘yicha bayonotini qoraladi
Davlatlar AQSh elchisining Isroilning arab yerlari ustidan da’vo qilish huquqi haqidagi gaplarini xavfli va provokatsion deb baholadi
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 14 ta arab va islom davlati, jumladan, BAA, Misr, Iordaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqalar AQShning Isroildagi elchisi Mayk Haqabiyning bayonotini keskin qoraladi. Bu haqda RIA Novosti BAA Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib
xabar qildi.
Qo‘shma bayonot Islom hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi ishtirokida e’lon qilindi.
Avvalroq Haqabiy intervyuda Isroil Yaqin Sharqning deyarli butun hududiga “Bibliya huquqi”ga ega ekanini aytgan. Suhbatda Isroil go‘yoki hozirgi Iordaniya, Suriya, Livan hamda boshqa arab yerlari ustidan da’vo qilish huquqiga ega ekani haqida savollar muhokama qilingan.
Qo‘shma bayonotda bunday fikrlar xalqaro huquq tamoyillari va BMT Nizomiga zid ekani, mintaqada keskinlikni kuchaytirishi ta’kidlandi. Shuningdek, elchining bayonotlari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan G‘azodagi mojaroni to‘xtatishga qaratilgan rejaga ham zid ekani qayd etildi.
Arab va islom mamlakatlari Isroil bosib olingan Falastin hududi va boshqa arab yerlari ustidan hech qanday suverenitetga ega emasligini ta’kidlab, G‘arbiy sohilni anneksiya qilish, G‘azoni ajratish yoki ko‘chirish faoliyatini kengaytirishga qaratilgan har qanday harakatlarni rad etishini bildirdi.