https://oz.sputniknews.uz/20260220/sputnikpro-55839909.html
Toshkentdagi Puchon universitetida o‘tgan SputnikPRO’da talabalar nimalarni o‘rganishdi?
Toshkentdagi Puchon universitetida o‘tgan SputnikPRO’da talabalar nimalarni o‘rganishdi?
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis neyrotarmoqlar OAV uchun tasvirlarni qanday yaratishi, tarixni “jonlantirishi” va kontentni qiziqarliroq qilishi, nima uchun hatto sifatli yaratilgan materiallar ham professional tahrirlashni talab qilishi hamda SI tasvirini haqiqiy fotosuratdan ajratishda qanday tafsilotlar yordam berishi haqida so‘z yuritdi.
2026-02-20T15:01+0500
2026-02-20T15:01+0500
2026-02-20T15:01+0500
sputnikpro
sputnik
sun’iy intellekt
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/14/55840430_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f9d95c4a3d83861dfc4fe0cf52e71ba9.jpg
Toshkentdagi Puchon universiteti ikkinchi marta SputnikPRO ta’lim moduli maydoni bo‘ldi. Bu safar muloqot bugungi kunda jurnalist, dizayner, SMM mutaxassis, AT-dasturchi va boshqa ko‘plab kasb egalari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu — neyrotarmoqlar hamda vizual kontent kelajagiga bag‘ishlandi.Spiker sifatida “Rossiya segodnya” mediaguruhi fotoaxborot direksiyasining SI - bild muharriri Anna Markelova ishtirok etdi. U Toshkentda birinchi marta emas: 2025-yil oktabrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’ruza o‘qigan edi.Anna Markelova neyrotarmoqlar OAV uchun tasvirlarni qanday yaratishi, tarixni “jonlantirishi” va kontentni qiziqarliroq qilishi, nima uchun hatto sifatli yaratilgan materiallar ham professional tahrirlashni talab qilishi hamda SI tasvirini haqiqiy fotosuratdan ajratishda qanday tafsilotlar yordam berishi haqida so‘z yuritdi.Ko‘plab talabalar uchun ma’ruza odatiy texnologiyalarga yangicha nazar tashlash imkonini berdi. Ular uchrashuvning amaliy xususiyatini ta’kidlashdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’ruzadan so‘ng ayrim vositalarni o‘z faoliyatida sinab ko‘rmoqchi.Boshqalar neyrotarmoq yaratgan tasvirni yaxshilash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan kutilmagan imkoniyatlarni kashf etganliklarini tan olishdi.Yoshlar yaratish xizmatlardan foydalanilgan taqdirda ham, kontent sifati uchun yakuniy mas’uliyat inson zimmasida qolishiga yana bir bor amin bo‘lishdi. Neyrotarmoq mustaqil muallif emas, balki bir vositadir.Tasvirlarni tekshirish mavzusi alohida qiziqish uyg‘otdi.Uning aytishicha, muharrirlar uchun mo‘ljallangan vositalarga ega QR-kodlar, shuningdek, talabalarga o‘qishda yordam beradigan servislar ham foydali bo‘lgan.Uchrashuvda SputnikPRO modullarida birinchi marta ishtirok etmayotganlar ham bor edi. Ular orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Ziyodjon Qurbonov ham bor. U Anna Markelovaning Toshkentdagi avvalgi ma’ruzasiga kela olmagan, shu sababli Puchon universitetida spiker bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutgan edi.Puchon universitetida bo‘lib o‘tgan ikkinchi SputnikPRO tadbiri 50 nafardan ortiq talabani jamladi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar spikerga savol berish va o‘z fikrlari bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Mahorat darsi, neyrotarmoqlar media va kreativ sohalardagi kundalik faoliyatning bir qismiga aylanib bormoqda ekanligini tasdiqladi. Ammo talabalar bundan chiqargan asosiy xulosa – texnologiyalar ongli va professional yondashuvni talab qilishi. Vizual kontent kelajagi nafaqat algoritmlar, balki ulardan foydalana oladigan insonlar qo‘lidadir.Toshkentdagi Puchon universitetida SputnikPRO qanday o‘tgani haqida Sputnik videosida tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/14/55840430_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_254e938ebca5714de45b5a363b5136b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neyrotarmoqlar sun’iy intellek namunlar ma’lumot qanday ishlash kerak tekshirish si
neyrotarmoqlar sun’iy intellek namunlar ma’lumot qanday ishlash kerak tekshirish si
Toshkentdagi Puchon universitetida o‘tgan SputnikPRO’da talabalar nimalarni o‘rganishdi?
Eksklyuziv
Talabalar neyrotarmoqlarning mukammal emasligini, sun’iy intellekt yaratgan tasvirni qanday yaxshilashni va undan to‘g‘ri foydalanish nima uchun muhimligini bilib olishdi.
Toshkentdagi Puchon universiteti ikkinchi marta SputnikPRO ta’lim moduli maydoni bo‘ldi. Bu safar muloqot bugungi kunda jurnalist, dizayner, SMM mutaxassis, AT-dasturchi va boshqa ko‘plab kasb egalari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu — neyrotarmoqlar hamda vizual kontent kelajagiga bag‘ishlandi.
Spiker sifatida “Rossiya segodnya” mediaguruhi fotoaxborot direksiyasining SI - bild muharriri Anna Markelova ishtirok etdi. U Toshkentda birinchi marta emas: 2025-yil oktabrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’ruza o‘qigan edi.
Anna Markelova neyrotarmoqlar OAV uchun tasvirlarni qanday yaratishi, tarixni “jonlantirishi” va kontentni qiziqarliroq qilishi, nima uchun hatto sifatli yaratilgan materiallar ham professional tahrirlashni talab qilishi hamda SI tasvirini haqiqiy fotosuratdan ajratishda qanday tafsilotlar yordam berishi haqida so‘z yuritdi.
Ko‘plab talabalar uchun ma’ruza odatiy texnologiyalarga yangicha nazar tashlash imkonini berdi. Ular uchrashuvning amaliy xususiyatini ta’kidlashdi.
“Midjourney borligini, uning yaxshi ekanini bilardim, ammo, masalan, yaqinda o‘sha Nana Banana chiqqanini va u OAV maslahatchisi yoki sayt yaratuvchining kundalik ishida qanchalik foydali bo‘lishi mumkinligini bilmagandim”, — dedi Toshkentdagi Puchon universiteti axborot texnologiyalari fakulteti talabasi Maksim Pak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’ruzadan so‘ng ayrim vositalarni o‘z faoliyatida sinab ko‘rmoqchi.
Boshqalar neyrotarmoq yaratgan tasvirni yaxshilash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan kutilmagan imkoniyatlarni kashf etganliklarini tan olishdi.
“Sun’iy intellektgaPhotoshop’da qo‘shimcha ishlov berilishini bilmasdim, surat va videolarni yaratadigan turli neyrotarmoqlar ko‘pligini bilmasdim. Bu foto va videolarning sifati qanchalik yaxshi ekanidan hayratdaman”, — deya tan oldi Maksimning kursdoshi Artom Galenko.
Yoshlar yaratish xizmatlardan foydalanilgan taqdirda ham, kontent sifati uchun yakuniy mas’uliyat inson zimmasida qolishiga yana bir bor amin bo‘lishdi. Neyrotarmoq mustaqil muallif emas, balki bir vositadir.
Tasvirlarni tekshirish mavzusi alohida qiziqish uyg‘otdi.
“Men fotosuratda SI foydalangan yoki yo‘qligini aniqlaydigan maxsus saytlar borligini bilib oldim”, — dedi Toshkentdagi Puchon universiteti Multimedia va o‘yin kontenti fakulteti talabasi Anna Kvon.
Uning aytishicha, muharrirlar uchun mo‘ljallangan vositalarga ega QR-kodlar, shuningdek, talabalarga o‘qishda yordam beradigan servislar ham foydali bo‘lgan.
Uchrashuvda SputnikPRO modullarida birinchi marta ishtirok etmayotganlar ham bor edi. Ular orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Ziyodjon Qurbonov ham bor. U Anna Markelovaning Toshkentdagi avvalgi ma’ruzasiga kela olmagan, shu sababli Puchon universitetida spiker bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutgan edi.
“Hozir XXI asr — texnologiyalar asrida neyrotarmoqlar butun dunyoni egallabolmoqda. Jurnalistika ham, albatta, bundan mustasno emas. Neyrotarmoqlar bilan professional darajada ishlash jurnalistlarning zimmasida qoladi”, — dedi talaba.
Puchon universitetida bo‘lib o‘tgan ikkinchi SputnikPRO tadbiri 50 nafardan ortiq talabani jamladi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar spikerga savol berish va o‘z fikrlari bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mahorat darsi, neyrotarmoqlar media va kreativ sohalardagi kundalik faoliyatning bir qismiga aylanib bormoqda ekanligini tasdiqladi. Ammo talabalar bundan chiqargan asosiy xulosa – texnologiyalar ongli va professional yondashuvni talab qilishi. Vizual kontent kelajagi nafaqat algoritmlar, balki ulardan foydalana oladigan insonlar qo‘lidadir.
Toshkentdagi Puchon universitetida SputnikPRO qanday o‘tgani haqida
Sputnik videosida tomosha qiling.