https://oz.sputniknews.uz/20260220/ozbekiston-gazo-mirziyoev-55831335.html
O‘zbekiston G‘azoda turar joy, bog‘cha, maktab va kasalxonalar qurishga tayyor – Mirziyoyev
O‘zbekiston G‘azoda turar joy, bog‘cha, maktab va kasalxonalar qurishga tayyor – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etdi. Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
2026-02-20T09:31+0500
2026-02-20T09:31+0500
2026-02-20T09:31+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
g‘azo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/14/55831476_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c0bc3555031fd47befa79b6da2f08580.jpg
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston Tinchlik kengashini tuzish bo‘yicha tinchliksevar tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va uni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda amaliy ishtirok etishini qat’iy tasdiqlagani ta’kidlandi.G‘azoning har qanday tashqi boshqaruv mexanizmi sektor aholisining so‘zsiz ichki qo‘llab-quvvatlashiga tayanishi lozimligi ta’kidlandi.Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari G‘azoni tez fursatda qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, mojarodan keyingi jarayonlarni barqarorlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.Davlat rahbari O‘zbekiston ushbu hududda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar barpo etishga imkon qadar hissa qo‘shishga tayyorligini qayd etdi.Yig‘ilish yakunida Tinchlik kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.AQSh prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya, Albaniya, Armaniston, Vyetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokash va boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260122/tinchlik-kengash-nizom-tasdiqlanish-55187550.html
g‘azo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/14/55831476_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a0c8dab2bcb5b6b45484c712b92dab11.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev tinchlik kengashi g‘azo
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev tinchlik kengashi g‘azo
O‘zbekiston G‘azoda turar joy, bog‘cha, maktab va kasalxonalar qurishga tayyor – Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Tinchlik kengashining G‘azo sektori bo‘yicha faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Tinchlik kengashini tuzish bo‘yicha tinchliksevar tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va uni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda amaliy ishtirok etishini qat’iy tasdiqlagani ta’kidlandi.
“Ishonchim komil, kengash ishi G‘azo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklash uchun qulay sharoit yaratishga imkon beradi”, – dedi Mirziyoyev.
G‘azoning har qanday tashqi boshqaruv mexanizmi sektor aholisining so‘zsiz ichki qo‘llab-quvvatlashiga tayanishi lozimligi ta’kidlandi.
Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari G‘azoni tez fursatda qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, mojarodan keyingi jarayonlarni barqarorlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston ushbu hududda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar barpo etishga imkon qadar hissa qo‘shishga tayyorligini qayd etdi.
“Bizning uchrashuvimiz xalqaro birdamlik, tinchliksevarlik va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilashga bo‘lgan umumiy intilishimizning yorqin ifodasidir. Biz Yangi G‘azoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uchun munosib turmush sharoitlariga ega bo‘lgan mintaqani barpo etish uchun ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanishimiz zarur”, – dedi Mirziyoyev.
Yig‘ilish yakunida Tinchlik kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya, Albaniya, Armaniston, Vyetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokash va boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnashdi.