Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va Saudiya Arabistoni raqobat sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

© informatsionnoe agentstvo "Belta"Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiya (YeEK)
Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiya (YeEK) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2026
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam qo‘yildi.
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati YeIK va Saudiya Arabistoni Raqobat bo‘yicha bosh idorasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini ma’qulladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu raqobat sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun institutsional asos yaratadi.
Memorandum hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini, jumladan, surishtiruv o‘tkazish, tovar bozorlarini o‘rganish bo‘yicha tajriba almashish va raqobatning asosiy masalalari bo‘yicha muntazam muloqotni ta’minlaydi.
“Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni rasmiylashtirish tashkilotlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi va xalqaro miqyosda adolatli raqobat muhitini shakllantirishga yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqishga imkon beradi”, - dedi YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich.
2025 yilda Saudiya Arabistoni Podshohligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarga yetdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prezident RSPP Aleksandr Shoxin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
So‘rov: biznes vakillarining 70 foizdan ortig‘i YeOII ta’sirini ijobiy baholadi
Yangiliklar lentasi
0