https://oz.sputniknews.uz/20260220/aqsh-noqonuniy-immigratsiya-55836485.html
AQSh noqonuniy immigratsiyaga aloqador o‘zbekistonliklarga viza berishni chekladi
AQSh noqonuniy immigratsiyaga aloqador o‘zbekistonliklarga viza berishni chekladi
Sputnik O‘zbekiston
Tergovlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiya qilishni rejalashtirgan xorijliklarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni, aeroportlar va chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalariga yetkazishni faol muvofiqlashtirgan. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik AQShga noqonuniy kirishga uringan paytda aniqlangan.
2026-02-20T12:07+0500
2026-02-20T12:07+0500
2026-02-20T12:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aqsh
viza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16063782_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_10fa1c65345bc6d7354c1113d2938802.jpg
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. AQShga noqonuniy immigratsiyani tashkil etishda ko‘maklashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga viza cheklovlari joriy etildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, cheklovlar vizalarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ikki o‘zbek kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimli mansabdorlariga taalluqli.Qayd etilishicha, ular AQShga noqonuniy ko‘chib o‘tishni maqsad qilgan xorijliklarga ataylab “turistik xizmatlar” ko‘rsatganlikda ayblanmoqda.Tergovlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiya qilishni rejalashtirgan xorijliklarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni, aeroportlar va chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalariga yetkazishni faol muvofiqlashtirgan. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik AQShga noqonuniy kirishga uringan paytda aniqlangan.Departament noqonuniy immigratsiyadan foyda ko‘rayotgan shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi hamda chegaralar va milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadida kontrabanda tarmoqlariga qarshi faol kurash olib boradi.Shuningdek, AQSh noqonuniy immigratsiyani qo‘llab-quvvatlovchi jinoiy tarmoqlarga qarshi kurashda yaqin hamkorlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250605/tramp-12-davlat-fuqarolari-aqsh-49726194.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16063782_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_76bcb0758e303875447f46fd33e9bdb1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh o‘zbekiston viza cheklov
aqsh o‘zbekiston viza cheklov
AQSh noqonuniy immigratsiyaga aloqador o‘zbekistonliklarga viza berishni chekladi
Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, ular Markaziy Amerika orqali Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy immigratsiyaga, jumladan, bolalarning noqonuniy olib o‘tilishiga ko‘maklashgan.
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. AQShga noqonuniy immigratsiyani tashkil etishda ko‘maklashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga viza cheklovlari joriy etildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, cheklovlar vizalarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ikki o‘zbek kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimli mansabdorlariga taalluqli.
Qayd etilishicha, ular AQShga noqonuniy ko‘chib o‘tishni maqsad qilgan xorijliklarga ataylab “turistik xizmatlar” ko‘rsatganlikda ayblanmoqda.
Tergovlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiya qilishni rejalashtirgan xorijliklarni, jumladan, voyaga yetmaganlarni, aeroportlar va chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalariga yetkazishni faol muvofiqlashtirgan. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik AQShga noqonuniy kirishga uringan paytda aniqlangan.
“AQSh milliy xavfsizligi yoki immigratsiya qonunchiligini buzishga qaratilgan har qanday urinishlarga toqat qilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Departament noqonuniy immigratsiyadan foyda ko‘rayotgan shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi hamda chegaralar va milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadida kontrabanda tarmoqlariga qarshi faol kurash olib boradi.
Shuningdek, AQSh noqonuniy immigratsiyani qo‘llab-quvvatlovchi jinoiy tarmoqlarga qarshi kurashda yaqin hamkorlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirgan.