Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda Rossiya tashqi siyosati haqida ma’ruza o‘qidi

© Foto : Posolstvo Rossii v UzbekistaneAleksey Yerxov
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Obuna bo‘lish
Elchi Aleksey Yerxov Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qilib, Rossiya tashqi siyosatining asosiy motivlari, maqsadlari va tarixiy burilish nuqtalariga to‘xtaldi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Rossiya tashqi siyosatining asosiy motivlari, maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qidi.
Muhokama markazida Rossiya tashqi siyosatining motivlari, maqsad va vazifalari bo‘ldi. Uchrashuvda Sputnik O‘zbekiston muxbiri ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, elchixona vakillari hamda universitet talabalari qatnashdi.
“Sizlar mening hamkasblarimsiz”
Ma’ruzani ochar ekan, Aleksey Yerxov talabalarni kelajakdagi hamkasblari deb bilishini ta’kidladi.

“Qadrli do‘stlar, hurmatli hamkasblar, men sizlarga shunday murojaat qilaman, chunki universitet xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Diplomimda ham "xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis" deb yozilgan. Shuning uchun siz mening hamkasblarimsiz”, — dedi u.

Elchi akademik uslubda emas, balki “jonli guvoh hikoyasi” shaklida so‘z yuritishini aytib, Rossiya tashqi siyosatining asosiy “bifurkatsiya nuqtalari”ni sanab o‘tdi: 1991-yil, 2000-yil, 2007-yilgi Munxen nutqi, 2008-yilgi voqealar, 2014-yilgi inqiroz va keyingi jarayonlar.
© SputnikPosol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
To‘qsoninchi yillar haqida gapirar ekan, u bu davrni “katta xomxayollar va katta umidlar” bosqichi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Rossiya “qo‘shtirnoq ichidagi sivilizatsiyalashgan dunyo”ga qo‘shilishga umid qilgan. Biroq xususiylashtirish va iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotning bo‘ysundirilgan holatga tushishiga olib kelgan, bu esa tashqi siyosiy manyovr erkinligini cheklagan.
NATO kengayishi va “Yevro-Atlantika modelining qulashi”
Talaba savoliga javob berar ekan, diplomat NATO kengayishi va Yevropa xavfsizlik arxitekturasining o‘zgarishiga to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO va YeI G‘arb hukmronligi tugayotgani va yangi tarixiy davr boshlanayotgani haqidagi reallikni qabul qilmayapti. So‘nggi sakkiz yilda Yevropa Ittifoqi NATO va YeXHT bilan bog‘langan yevroatlantik bo‘g‘inga aylangan, xavfsizlikning avvalgi modeli esa amalda izdan chiqqan.
“Qurol-yarog‘ nazorati sohasidagi xalqaro kelishuvlar so‘nggi yillarda buzildi va amalda bekor qilindi. Bu Rossiya va uning ittifoqchilari aybi emas”, — dedi Yerxov.
Elchi Yevropa Ittifoqining harbiy o‘lchovi shakllantirilayotgan “strategik kompas”ni eslatib, NATO kengayishi davom etayotganini qayd etdi.
© SputnikPosol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
Yevroosiyo tashabbusi va bo‘linmas xavfsizlik tamoyili
G‘arb modeliga muqobil sifatida Rossiya “Katta Yevroosiyo sherikligi” tashabbusini va XXI asr uchun Yevroosiyo xilma-xillik hamda ko‘pqutblilik xartiyasini ilgari surmoqda.
“Biz Yevroosiyo davlatlari o‘z xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini va tashqaridan buzg‘unchi aralashuvni minimallashtirishni istaymiz”, — dedi Yerxov.
Uning ta’kidlashicha, tashabbus markazida tenglik va bo‘linmas xavfsizlik tamoyili yotadi. Asosiy vazifa — ortiqcha burokratik tuzilmalar yaratmasdan, umumkontinental teng huquqli muloqotni yo‘lga qo‘yish.
Markaziy Osiyo: sheriklik mustahkamlik sinovida
Yerxov Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlariga alohida to‘xtalib, geosiyosiy turbulentlik sharoitida sheriklik “mustahkamlik sinovidan munosib o‘tayotganini” ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va mintaqa davlatlari terrorizm, narkotrafik va kibertahdidlar kabi xavflarga qarshi birgalikda harakat qilmoqda, harbiy-texnik va huquqni muhofaza qilish sohasida yaqin hamkorlikni saqlab qolmoqda.
“Rossiya do‘stlarimizning o‘z siyosiy, etnomadaniy an’analari va dunyoqarashiga muvofiq mustaqil rivojlanish huquqini qat’iy himoya qiladi”, — dedi diplomat.
BRIKS, ShHT va transport yo‘laklari
Talabalar elchiga Rossiyaning o‘zgaruvchan global kuchlar muvozanatidagi o‘rni, BRIKS istiqbollari, Shimol–Janub transport yo‘lagini rivojlantirish va bojxona ma’lumotlari almashinuvi haqida savollar berishdi.
“Agar biz haqimizda gapirishsa, demak, bizni payqashadi va biz bilan hisoblashishadi”, — dedi Yerxov.
BRIKS va ShHT haqida so‘z yuritar ekan, u ushbu formatlarning moslashuvchanligi ishtirokchilar suverenitetini saqlash va qat’iy institutsionallashuvsiz manfaatlarni hisobga olish imkonini berishini ta’kidladi.
Transport koridorlari haqida gapirar ekan, diplomat ularning tovar ayirboshlash hajmini oshirishdagi ahamiyatini qayd etdi. Shu bilan birga, savdoni diversifikatsiya qilish aniq iqtisodiy shart-sharoitlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bog‘liqligini ta’kidladi.
O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuviga to‘xtalar ekan, elchi tegishli huquqiy asoslarni muzokaralar formatida ishlab chiqish zarurligini bildirdi.
© SputnikPosol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Posol Rossii v Uzbekistane prochital leksiyu o vneshney politike RF v UMED
O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim konstantalaridan biri ekanini ta’kidladi.

“Biz uchun Rossiya bilan munosabatlar ko‘p asrlik tarixga ega. Ular mamlakatlarimiz prezidentlari o‘rtasidagi ishonchli va yaqin aloqalarga tayanadi”, — dedi Safoyev.

Uning ta’kidlashicha, 2016-yildan so‘ng ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi — institutsional aloqalar mustahkamlandi, parlamentlararo hamkorlik faollashdi va hududlararo bog‘lanishlar kengaydi.
Rossiyalik ish beruvchilar O‘zbekistonda tanlov o‘tkazmoqda, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Rossiya fuqarolarni ishga O‘zbekistonning o‘zida tanlab, rasmiy joylashtirishni taklif qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0