Kam daromadlilarni jalb etish, 200 mln tut ko‘chati: ipakchilikda qanday yangi choralar ko‘riladi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV etom godu Fergana proizvedet 2233 tonni "serebranogo volokna"
V etom godu Fergana proizvedet 2233 tonni serebranogo volokna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2026
Obuna bo‘lish
2030 yilgacha pilla hajmini 36 ming tonnaga yetkazish, 200 million tup tut ko‘chati ekish va 200 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish reja qilinmoqda.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ipakchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilab berildi:
Farg‘ona va Xorazmda elita urug‘lar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
joriy yilda Buxoro va Namanganda 2 ta, 2027–2029 yillarda Toshkent, Jizzax, Samarqand va Surxondaryoda yana 4 ta urug‘chilik korxonasini tashkil etish;
xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mavsumiy ishchilar xarajatining yarmini qoplash hamda ularning faoliyatini daromad va ijtimoiy soliq obyekti sifatida hisoblamaslik;
8 ming gektarda yangi tutzor barpo etish, 41,5 ming gektarda yakka qator ko‘chat ekish va 15 ming gektar tutzorni rekonstruksiya qilish;
2030 yilga qadar 200 million tup tut ko‘chati ekish va ozuqa bazasini 30 foizga oshirish;
pilla hajmini 2026-yilda 30 ming tonna, 2030-yilda 36 ming tonnaga yetkazish;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat va tuman “Agropilla” tuzilmalari hamda ipakchilik klasterlari o‘zaro muvofiqlashgan tarzda ish yuritib, fermerlar, kasanachilar va qurt boquvchilar faoliyatini tashkil etishi;
kam daromadli oilalarni pillachilikka jalb etish maqsadida pilla qiymatining 35 foizi miqdorida subsidiya va 20 million so‘mgacha ssuda ajratish;
sanoat usulidagi qurtxonalarni ko‘paytirish va ularni 2029-yilga qadar yer hamda mol-mulk solig‘idan ozod qilish;
2030 yilga qadar 200 mln dollarlik 21 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, qayta ishlash hajmini 3 ming tonnaga, darajasini 75 foizga yetkazish va natijada 18,5 mln pogon metr ipak mato ishlab chiqarish;
sohada raqamli texnologiyalar va yagona axborot tizimini joriy etish.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0