https://oz.sputniknews.uz/20260217/ramazon-mijoz-huquq-cheklov-kafe-chora-55755823.html
Ramazonda mijozlar tanlov huquqini cheklagan kafelarga chora ko‘riladi — Raqobat qo‘mitasi
Ramazonda mijozlar tanlov huquqini cheklagan kafelarga chora ko‘riladi — Raqobat qo‘mitasi
Sputnik O‘zbekiston
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, “set” to‘plamini majburiy qilish yoki faqat to‘plam orqali xizmat ko‘rsatish orqali iste’molchilarning erkin tanlov huquqi cheklanmasligi lozim. Qonunbuzilish aniqlansa, chora ko‘riladi.
2026-02-17T11:31+0500
2026-02-17T11:31+0500
2026-02-17T11:36+0500
ramazon oyi
o‘zbekiston
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
umumiy ovqatlanish korxonalari
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/11/55756080_21:0:2752:1536_1920x0_80_0_0_0982eabc50f42c3bcd8e8bcb0bcf05d7.png
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ramazon oyida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “aksiya setlar” (kompleks ovqatlar to‘plami)ni majburiy joriy etish holatlariga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘riladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, ayrim kafe va restoranlarda minimal narx belgilash yoki faqat to‘plam shaklida xizmat ko‘rsatish orqali iste’molchilarning erkin tanlov huquqi cheklanayotgani alomatlari kuzatilmoqda. Qo‘mita bunday holatlardan ogohlantirdi.Qo‘mita ta’kidlashicha, ovqatlanish korxonalari:Shuningdek, Konstitutsiyaning 65-moddasiga ko‘ra, davlat iste’molchilar huquqlarining ustuvorligini hisobga olgan holda tadbirkorlik erkinligini kafolatlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20251004/uzbekistan-nasiya-savdo-bozor-axloq-kodeks-52456817.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/11/55756080_525:0:2573:1536_1920x0_80_0_0_4a3a2201f599e79b7056382fcc1acd6f.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqobat qo‘mitasi, ramazon, aksiya setlar, kompleks ovqat to‘plami, kafe, restoran, iste’molchi huquqlari, erkin tanlov, qonunbuzilish, o‘zbekiston
raqobat qo‘mitasi, ramazon, aksiya setlar, kompleks ovqat to‘plami, kafe, restoran, iste’molchi huquqlari, erkin tanlov, qonunbuzilish, o‘zbekiston
Ramazonda mijozlar tanlov huquqini cheklagan kafelarga chora ko‘riladi — Raqobat qo‘mitasi
11:31 17.02.2026 (yangilandi: 11:36 17.02.2026) Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyida umumiy ovqatlanish korxonalari “aksiya setlar”ni majburiy joriy etish holatlari yuzasidan ogohlantirish berdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ramazon oyida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “aksiya setlar” (kompleks ovqatlar to‘plami)ni majburiy joriy etish holatlariga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘riladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayrim kafe va restoranlarda minimal narx belgilash yoki faqat to‘plam shaklida xizmat ko‘rsatish orqali iste’molchilarning erkin tanlov huquqi cheklanayotgani alomatlari kuzatilmoqda. Qo‘mita bunday holatlardan ogohlantirdi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, xaridor tovar va xizmatni erkin tanlash huquqiga ega. Sotuvchi esa iste’molchini qo‘shimcha tovar yoki xizmat xarid qilishga qistashga haqli emas.
Qo‘mita ta’kidlashicha, ovqatlanish korxonalari:
mijozni “set” to‘plamini xarid qilishga majburlamasligi;
iste’molchi “set”ni rad etgan taqdirda, unga menyudagi boshqa taomlarga buyurtma berish huquqini cheklamasligi;
sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni majburiy tarkibga kiritmasligi lozim.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 65-moddasiga ko‘ra, davlat iste’molchilar huquqlarining ustuvorligini hisobga olgan holda tadbirkorlik erkinligini kafolatlaydi.