Mirziyoyev Britaniya savdo vakili Jon Olderdaysni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Velikobritanii
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Velikobritanii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, xavfsizlik sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
So‘nggi besh yilda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshdi. London fond birjasida O‘zbekistonning 15 milliard dollardan ortiq qiymatdagi suveren va korporativ obligatsiyalari joylashtirildi. O‘tgan yili Qo‘shma iqtisodiy qo‘mita ishga tushirildi.
Tomonlar energetika, moliya, geologiya, transport, kimyo, farmatsevtika, fan va ta’lim sohalarida yangi loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdilar. Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishildi.
Prezident podcherknul vajnuyu rol institutov grajdanskogo obshestva v obespechenii effektivnosti reform - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Mirziyoyev mamlakatning tashqi siyosatini belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0