O‘zbekistonlik futbol hakamlari Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini boshqaradi

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSudi iz Uzbekistana naznacheni na matchi Ligi chempionov Elita i Ligi chempionov AFK 2
Sudi iz Uzbekistana naznacheni na matchi Ligi chempionov Elita i Ligi chempionov AFK 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
Ilgiz Tantashev va Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi 17-fevral kuni Osiyo miqyosidagi ikki muhim uchrashuvni boshqaradi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tasarrufidagi Elit Chempionlar ligasi hamda Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqalari doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarda faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
17 fevral kuni Malayziyaning Johor shahrida bo‘lib o‘tadigan “Johor Darul Ta’zim” (Malayziya) — “Vissel Kobe” (Yaponiya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.
Bosh hakam — Ilgiz Tantashev.
Yordamchi hakamlar — Andrey Sapenko va Timur Gaynullin.
To‘rtinchi hakam — Asker Najafaliyev.
VAR hakami — Axrol Risqullayev.
AVAR hakami — Abdurashid Xudoyberganov.
Shuningdek, 17-fevral kuni Iordaniya poytaxti Ammanda bo‘lib o‘tadigan “Al Huseyn” (Iordaniya) — “Istiqlol” (Eron) jamoalari o‘rtasidagi bahsni ham o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.
Bosh hakam — Rustam Lutfullin.
Yordamchi hakamlar — Sanjar Shayusupov va Akmal Giyosov.
VAR hakami — Firdavs Norsafarov.
AVAR hakami — Akobirxo‘ja Shukurullayev.
Ofis FIFA v Surixe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
O‘zbekistonlik futbol mutaxassislari tarixda ilk bor FIFA qo‘mitasi tarkibiga kiritildi
Yangiliklar lentasi
0