2028 yilda ilk sun’iy yo‘ldosh va o‘zbekistonlik fazogir - prezident taqdimot bilan tanishdi

© Depositphotos / cookelmaKosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatda milliy kosmik infratuzilmani shakllantirish, ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratish va fazogir tayyorlash bo‘yicha dastlabki rejalar taqdim etildi. Loyihalar 2028-yilga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirish va birinchi o‘zbek fazogirini tayyorlash bo‘yicha dastlabki ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, kosmik sohada uzoq muddatli milliy tizim — sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarish, ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan amaliyotda foydalanish infratuzilmasini shakllantirish muhim. Bu mamlakatning suveren va obyektiv ma’lumot manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey rabot po zapusku v kosmos iskusstvennogo sputnika
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey rabot po zapusku v kosmos iskusstvennogo sputnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey rabot po zapusku v kosmos iskusstvennogo sputnika
Xorijiy tajriba o‘rganilib, bo‘lajak sun’iy yo‘ldoshning texnik talablari belgilandi. Ilmiy-texnologik salohiyatni oshirish doirasida 2028-yilda “Mirzo Ulug‘bek” nomli 6U formatdagi milliy ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish taklif etildi.
Shuningdek, birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash va 10–14 kunlik parvozni amalga oshirish strategik vazifa sifatida belgilangan. Bu borada xalqaro hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Fazoda olib borilishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlar sifatida tibbiyot va biologiya, o‘simliklar genetikasi hamda materialshunoslik yo‘nalishlari taklif etildi.
2028 yilda Samarqandda kosmos bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Illyustratsiya sovetskogo zonda Kosmos-482 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchiradi
Yangiliklar lentasi
0