Ramazon taqvimi 2026 — saharlik va iftorlik vaqtlari

© SputnikKalendar Ramazana-2026
Kalendar Ramazana-2026  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Obuna bo‘lish
2026 yil muqaddas Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanishi kutilyapti.
Prezident qarori bilan 2026-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi. Mamlakatda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Infografikada saharlik va iftorlik duolari ham keltirilgan.
Saharlik duosi — Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.
Iftorlik duosi — Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.
Ramazon oyi musulmonlar uchun muqaddas oy hisoblanadi. Uning davomida barcha mo‘minlar ko‘proq tarovih va tilovat qilishlari, Qur’on xatm qilishi farz bo‘ladi.
Hadislarda aytilishiga ko‘ra, ushbu oyda gunohlar kechiriladi, hatto dushmanlarga ham rahm-shafqat ko‘rsatiladi, gunohkorlar ham do‘zaxdan ozod qilinadi.
Musulmonlar uchun Ramazon oyi o‘zaro birdamlik, mehribonlik, bir-birining xato va kamchiliklarini kechiradigan oydir. Ramazonda musulmonlar ko‘proq xayrli ishlar qilishi va bu yo‘lda birlashishi, bir-birini qo‘llashi uzoq yillardan beri yaxshi an’anaga aylangan. Bu oyda qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlardan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi, musibatzada insonlardan ko‘ngil so‘raladi va yetimlar ovutilib, yupatiladi.
Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining toq kechalaridan birida Qadr kechasi bor. Hadislarga ko‘ra, agar siz bu muborak kechani toat va ibodatda o‘tkazsangiz, go‘yo siz bu toat-ibodatni sakson uch yildan ko‘proq vaqt davomida tinmay bajarayotgandek bo‘lasiz.
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish muhim.
Ramadan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2025
Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
Yangiliklar lentasi
0