Aravadan “Volga”gacha: Politexnika muzeyi sara suratlarda
18:36 16.02.2026 (yangilandi: 18:57 16.02.2026)

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonda, jumladan, poytaxtda muzeylar ko‘p. Ammo texnologiya ixlosmandlari uchun Politexnika muzeyi fan va muhandislik olamini birlashtirgan eng o‘ziga xos maskan hisoblanadi.
Muzey 2015-yilda “O‘zavtosanoat” tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi yagona politexnik yo‘nalishdagi muzey hisoblanadi. Ikki qavatli keng va yorug‘ binoda texnika taraqqiyoti tarixi hamda zamonaviy avtomobilsozlik yutuqlari namoyish etiladi.
Ekspozitsiyalar ikki asosiy bo‘limdan iborat.

Politexnicheskiy muzey v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Avtomobilsozlik” zali
Bu bo‘lim transport vositalari rivojini — g‘ildirak ixtirosidan tortib zamonaviy avtomobillargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi.
XIX–XX asrlarga oid transport vositalari tarixi, dehqon aravasi maketlari, ot-ulovli karetalar, qishloq xo‘jaligi anjomlari va turli mamlakatlardan to‘plangan noyob avtomobillar namoyish etiladi.

G‘ildirak haqli ravishda insoniyatning eng buyuk ixtirosi deb hisoblanadi – bu qurilma g‘oyasiga ko‘ra dahoyona va tuzilishiga ko‘ra noyobdir.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xorazm aravasi. XIX vek
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Dunyodagi birinchi avtomobil nemis ixtirochisi Karl Bens tomonidan yaratilgan. "Motorwagen" deb nomlangan ushbu ulov to‘rt taktli benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 1885-yilda qurib bitkazilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Retro

"Ford Model T" — dunyodagi ilk ommaviy ishlab chiqarilgan avtomobil. U 1908-yil 27-sentabrda Detroytdagi "Pikett" zavodida yaratilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Folksvagen "Juk" (Volkswagen Käfer) va "Moskvich-400".
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Navoi ko‘chasi, 1957-yil.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sovet avtosanoati afsonalari zali
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Eksponatlar orasida:
"Ford Model T" — ommaviy ishlab chiqarishni boshlagan mashhur avtomobil
"Volkswagen Käfer" — dizayn jihatidan dunyoga mashhur “Qo‘ng‘iz”
"Moskvich-400" — urushdan keyin ishlab chiqarilgan ilk sovet avtomobillaridan biri

GAZ-69 va GAZ-67
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sovet avtosanoati afsonalari zali
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Muzey ekspozitsiyasidagi avtomobillar (chapdan o‘ngga):
"Moskvich-407": Och havo rangli sedan (1958–1963 yillar). Sobiq Ittifoqda ommabop bo‘lgan va xorijga eksport qilingan.
GAZ-M20 "Pobeda": Yorqin ko‘k fastbek, urushdan keyingi tiklanish ramzi. "Telnyashka" deb nomlanuvchi panjarali 1955-yildan keyingi model.
GAZ-21 "Volga" (kumush rang): Ikkinchi seriyadagi (1958–1962 yillar) afsonaviy sedan. Ishonchli va qulayligi bilan mashhur.
GAZ-21 "Volga" (olcha rang): O‘sha davr zavod ranglari xilma-xilligini ko‘rsatuvchi yana bir "Volga" namunasi.

Chevrolet Bel Air — General Motors kompaniyasining afsonaviy modeli bo‘lib, AQShda 1953–1975 yillarda ishlab chiqarilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Chevrolet Bel Air" — General Motors kompaniyasining afsonaviy modeli bo‘lib, AQShda 1953–1975 yillarda ishlab chiqarilgan. Los-Anjelesning nufuzli tumani nomiga qo‘yilgan ushbu avtomobil kuchli V8 dvigatellari va yuqori sotuv ko‘rsatkichlari bilan mashhur bo‘lgan: bir yilning o‘zida 500 mingtadan ortiq nusxa sotilgan.

Chayka GAZ-14.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Modern
Zamonaviy bo‘lim Markaziy Osiyodagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi — "UzAuto Motors" faoliyatiga bag‘ishlangan (2019 yilgacha — General Motors Uzbekistan).
O‘zbekistonda avtomobilsozlik 1993-yilda janubiy koreyalik "Daewoo" bilan hamkorlikda boshlangan. 2008-yildan avtomobillar "Chevrolet" brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

Chevrolet Damas 2 (chapda) — yetti o‘rindiqli mashhur mikroven. Avval Daewoo nomi ostida chiqarilgan, 2011-yildan beri Chevrolet brendida ishlab chiqarilmoqda.
Daewoo Tico (o‘ngda) — 1991–2001 yillarda ishlab chiqarilgan ixcham shahar xetchbeki. Bu model Suzuki Alto'ning koreys analogi hisoblanadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Samarqand avtomobil zavodi stendi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Muzeyda "Chevrolet Spark" to‘liq qismlarga ajratilgan holda namoyish etilib, uning ichki tuzilishini o‘rganish mumkin. Shuningdek, CLAAS traktorlari, zavod maketlari va texnik installyatsiyalar joylashgan.Muzey ekspozitsiyasi zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan. “Innovatsiya — bu kelajakka yo‘l ochuvchi kuch, texnika esa taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchisi”, degan g‘oya muzey konsepsiyasining markazida turadi.
Bu yerda talabalar tomonidan yaratilgan kinetik installyatsiyalar va 3D mapping-shoular ham namoyish etiladi.

Spark kesimda.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Innovatsiya — bu kelajakka yo‘l ochuvchi kuchdir, texnika esa taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchisi".
Muzeyda talabalar tomonidan yaratilgan kinetik installyatsiyalar va 3D mapping-shou ham namoyish etiladi.
Ayniqsa, hajmiy optik illyuziya yaratuvchi maxsus xona katta qiziqish uyg‘otadi — u yerda katta kichikdek, kichik esa kattadek ko‘rinadi.
Bu interaktiv maydonda mehmonlar fizika qonunlarini amalda sinab ko‘rishlari mumkin. Turli tajribalar va optik illyuziyalar bolalar hamda kattalar uchun birdek qiziqarli.

Toshkentdagi Politexnika muzeyidagi velogenerator.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ayniqsa, hajmiy optik illyuziya yaratuvchi maxsus xona katta qiziqish uyg‘otadi — u yerda katta kichikdek, kichik esa kattadek ko‘rinadi.