https://oz.sputniknews.uz/20260216/pedofil-umrbod-qamoq-mahalla-ochiqlik-dastur-55747006.html
Pedofillarga umrbod qamoq, mahallada ochiqlik, $50 mlrd va 250 trln so‘m: dastur tasdiqlandi
Pedofillarga umrbod qamoq, mahallada ochiqlik, $50 mlrd va 250 trln so‘m: dastur tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan 2026-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi. 337 ta chora-tadbir, 59 ta normativ hujjat, 250,5 trln so‘m va $50,4 mlrd moliyalashtirish ko‘zda tutilgan
2026-02-16T17:40+0500
2026-02-16T17:40+0500
2026-02-16T17:43+0500
o‘zbekiston
jamiyat
shavkat mirziyoyev
islohotlar
mahalla
moliyalashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/10/55746837_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6ad2733ef9273fa977029725fd337621.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevga eng ustuvor islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalari yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Qayd etilganidek, yangi dasturlarda “hujjat ishlab chiqish”dan “natijaga erishish” tamoyiliga o‘tilmoqda. Ijro uchun mas’ul rahbarlar va muvofiqlashtiruvchi davlat organlari biriktirilmoqda.“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida 337 banddan iborat amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda. 2026-yilda 59 ta muhim normativ-huquqiy hujjat va 12 ta strategik islohot loyihasi ishlab chiqiladi.Loyihalar keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. 23-yanvar — 1-fevral kunlari 5 milliondan ortiq foydalanuvchi loyiha bilan tanishdi, 22 mingdan ziyod taklif kelib tushdi. Saralash natijasida 1000 ga yaqin konstruktiv taklif dasturga kiritildi.Shuningdek, mahalla mablag‘lari bo‘yicha ochiq hisobdorlikni oshirish, ichki yo‘l va veloyo‘laklar qurish, biznes-inkubatorlar tashkil etish, sanoat zonalari huzurida qayta tayyorlash markazlari ochish, daraxt kesish uchun javobgarlikni kuchaytirish kabi takliflar ma’qullandi.Xorijdagi vatandoshlar tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash, eksportni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarni rivojlantirishga oid qator takliflar bildirildi.Ijro Adliya vazirligi va Hisob palatasi tomonidan monitoring qilinadi. Vazirlar Mahkamasi har chorakda muhokama o‘tkazadi, har yarim yilda Oliy Majlisga hisobot taqdim etiladi, har oy prezidentga axborot kiritiladi.Davlat rahbari taqdim etilgan loyihalar bilan tanishib, tegishli farmonni imzoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/mahallani-rivojlantirishga-oid-alohida-davlat-dasturi-qabul-qilinadi-54481208.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/10/55746837_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_dbc3c0787499001d5bd8cd8a29896737.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston – 2030, 2026-yil davlat dasturi, 250,5 trillion so‘m, 50,4 milliard dollar, kpi, normativ-huquqiy hujjatlar, jamoatchilik muhokamasi, islohotlar dasturi, mahallani rivojlantirish yili, adliya vazirligi, hisob palatasi
shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston – 2030, 2026-yil davlat dasturi, 250,5 trillion so‘m, 50,4 milliard dollar, kpi, normativ-huquqiy hujjatlar, jamoatchilik muhokamasi, islohotlar dasturi, mahallani rivojlantirish yili, adliya vazirligi, hisob palatasi
Pedofillarga umrbod qamoq, mahallada ochiqlik, $50 mlrd va 250 trln so‘m: dastur tasdiqlandi
17:40 16.02.2026 (yangilandi: 17:43 16.02.2026) Davlat dasturi doirasida 337 ta amaliy chora-tadbirlar rejasi va o‘nlab strategik hujjatlar loyihasi nazarda tutilgan. Loyihalar keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevga eng ustuvor islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalari yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi.
Qayd etilganidek, yangi dasturlarda “hujjat ishlab chiqish”dan “natijaga erishish” tamoyiliga o‘tilmoqda. Ijro uchun mas’ul rahbarlar va muvofiqlashtiruvchi davlat organlari biriktirilmoqda.
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida 337 banddan iborat amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda. 2026-yilda 59 ta muhim normativ-huquqiy hujjat va 12 ta strategik islohot loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihalar keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. 23-yanvar — 1-fevral kunlari 5 milliondan ortiq foydalanuvchi loyiha bilan tanishdi, 22 mingdan ziyod taklif kelib tushdi. Saralash natijasida 1000 ga yaqin konstruktiv taklif dasturga kiritildi.
Jumladan, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish, ipoteka va elektromobil xaridi uchun kredit mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 30 foizga yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish kabi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, mahalla mablag‘lari bo‘yicha ochiq hisobdorlikni oshirish, ichki yo‘l va veloyo‘laklar qurish, biznes-inkubatorlar tashkil etish, sanoat zonalari huzurida qayta tayyorlash markazlari ochish, daraxt kesish uchun javobgarlikni kuchaytirish kabi takliflar ma’qullandi.
Xorijdagi vatandoshlar tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash, eksportni qo‘llab-quvvatlash va raqamli xizmatlarni rivojlantirishga oid qator takliflar bildirildi.
Dasturlarni moliyalashtirish uchun 250,5 trillion so‘m va 50,4 milliard dollar mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
Ijro Adliya vazirligi va Hisob palatasi tomonidan monitoring qilinadi. Vazirlar Mahkamasi har chorakda muhokama o‘tkazadi, har yarim yilda Oliy Majlisga hisobot taqdim etiladi, har oy prezidentga axborot kiritiladi.
Davlat rahbari taqdim etilgan loyihalar bilan tanishib, tegishli farmonni imzoladi.