https://oz.sputniknews.uz/20260215/uzbekistan-gilos-olcha-etakchi-un-55721920.html
O‘zbekiston gilos va olcha yetishtirishda yetakchilar safida — BMT ma’lumotlari
O‘zbekiston gilos va olcha yetishtirishda yetakchilar safida — BMT ma’lumotlari
Sputnik O‘zbekiston
FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 209 ming tonna gilos yetishtirib, dunyoda top-5ga kirdi. Olcha ishlab chiqarishda esa Rossiya 265,4 ming tonna bilan birinchi o‘rinni egalladi.
2026-02-15T18:39+0500
2026-02-15T18:39+0500
2026-02-15T18:39+0500
qishloq xo‘jaligi
meva-sabzavot
bmt
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/352/63/3526309_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0582959374866ae2fe585d6022cc7f27.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2024-yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p gilos yetishtiruvchi davlatlar beshligiga kirdi. Bu haqda RIA Novosti BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha gilos ishlab chiqarish hajmi (yangi ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan) 1,5 million tonnani tashkil etgan. Liderlar beshligiga Turkiya (726,5 ming tonna), Chili (597 ming), AQSh (333,1 ming), O‘zbekiston (209 ming) va Eron (136,9 ming) kirgan. Rossiya bu yo‘nalishda 53,4 ming tonna bilan 11-o‘rinni egallagan.Keyingi o‘rinlarda Turkiya (206,7 ming tonna yoki 14 foiz), Ukraina (171,2 ming tonna yoki 12 foiz), shuningdek Serbiya (136,8 ming) va Eron (136,1 ming) joy olgan. Kuchli o‘nlikka Polsha (110,2 ming tonna), AQSh (97,4 ming), O‘zbekiston (94,4 ming), Vengriya (62,7 ming) va Ozarbayjon (51,8 ming) ham kirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250819/ozbekiston-eoiiga-qancha-gilos-eksport-qildi-51346827.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/352/63/3526309_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_355de29981fafd0eea7b6a514e2ec8e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, turkiya, chili, aqsh, eron, ukraina, serbiya, polsha, ozarbayjon, vengriya, fao, bmt oziq-ovqat tashkiloti, gilos, chereshnya, olcha, vishnya, 2024-yil, jahon ishlab chiqarishi, 1,5 mln tonna
o‘zbekiston, rossiya, turkiya, chili, aqsh, eron, ukraina, serbiya, polsha, ozarbayjon, vengriya, fao, bmt oziq-ovqat tashkiloti, gilos, chereshnya, olcha, vishnya, 2024-yil, jahon ishlab chiqarishi, 1,5 mln tonna
O‘zbekiston gilos va olcha yetishtirishda yetakchilar safida — BMT ma’lumotlari
BMTning FAO tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 209 ming tonna gilos yetishtirib, dunyodagi yetakchi davlatlar beshligiga kirdi. Olcha ishlab chiqarishda esa Rossiya birinchi bo‘ldi
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2024-yil yakunlariga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p gilos yetishtiruvchi davlatlar beshligiga kirdi. Bu haqda RIA Novosti BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga tayanib
xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha gilos ishlab chiqarish hajmi (yangi ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan) 1,5 million tonnani tashkil etgan. Liderlar beshligiga Turkiya (726,5 ming tonna), Chili (597 ming), AQSh (333,1 ming), O‘zbekiston (209 ming) va Eron (136,9 ming) kirgan. Rossiya bu yo‘nalishda 53,4 ming tonna bilan 11-o‘rinni egallagan.
Shu bilan birga, olcha yetishtirish bo‘yicha Rossiya dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. 2024-yilda jahonda 1,5 million tonna vishnya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shundan 265,4 ming tonna yoki 18 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan — bu deyarli har beshinchi tonna demakdir.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya (206,7 ming tonna yoki 14 foiz), Ukraina (171,2 ming tonna yoki 12 foiz), shuningdek Serbiya (136,8 ming) va Eron (136,1 ming) joy olgan. Kuchli o‘nlikka Polsha (110,2 ming tonna), AQSh (97,4 ming), O‘zbekiston (94,4 ming), Vengriya (62,7 ming) va Ozarbayjon (51,8 ming) ham kirgan.