https://oz.sputniknews.uz/20260215/andijan-narkotik-telegram-sotuv-guruh-55722136.html
Andijonda $1 millionlik narkotik: Telegram orqali sotuv qilgan jinoiy guruh fosh etildi
Andijonda $1 millionlik narkotik: Telegram orqali sotuv qilgan jinoiy guruh fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi. 26 kg “Mefedron” va 400 litr prekursor musodara qilindi. Qiymati 1 mln dollarga baholanmoqda.
2026-02-15T19:21+0500
2026-02-15T19:21+0500
2026-02-15T19:21+0500
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
giyohvand moddalar
o‘zbekiston
jinoyatchilik
jinoyat
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/06/38626921_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_1e9289a6efdc3682310d932dd469187b.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirlar DXX va Bojxona organlari hamkorligida amalga oshirildi.Ma’lum qilinishicha, “Telegram” orqali faoliyat yuritgan narkodo‘kon kuratorlari sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlash uchun qoldirgan katta miqdordagi prekursorlar operativ kuzatuvga olingan. Ularni olish uchun kelgan 2002-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.Gumonlanuvchilardan biri laboratoriya joylashgan hovlini internet orqali faoliyat yurituvchi kurator yuborgan 15,8 ming dollar hisobiga sotib olgan va uni jihozlash uchun yana 5 ming dollar sarflagan. Shu yil yanvar oyida 11,7 kg “Mefedron” tayyorlab, uning joylashuvini kuratoriga yuborgani ham ma’lum bo‘ldi.Shuningdek, Chirchiq shahrida ijaraga olingan omborxonadan 400 litr prekursor aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251225/iiv-jinoiy-guruh-fosh-qilinish-54463182.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/06/38626921_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_c9848b6e23677892fb78b453c45f1cd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijon, chirchiq, dxx, bojxona, narkolaboratoriya, mefedron, 26 kg, 1 million dollar, prekursor, 400 litr, telegram narkodo‘kon, jinoyat kodeksi 273-modda
andijon, chirchiq, dxx, bojxona, narkolaboratoriya, mefedron, 26 kg, 1 million dollar, prekursor, 400 litr, telegram narkodo‘kon, jinoyat kodeksi 273-modda
Andijonda $1 millionlik narkotik: Telegram orqali sotuv qilgan jinoiy guruh fosh etildi
Andijonda qora bozordagi qiymati 1 million dollarga teng 26 kg sintetik giyohvandlik moddasi aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida Chirchiqdagi ombordan ham katta miqdordagi prekursorlar topildi
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirlar DXX va Bojxona organlari hamkorligida amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, “Telegram” orqali faoliyat yuritgan narkodo‘kon kuratorlari sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlash uchun qoldirgan katta miqdordagi prekursorlar operativ kuzatuvga olingan. Ularni olish uchun kelgan 2002-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, ular Andijon shahrining “Bog‘ishamol” mahallasida narkolaboratoriya tashkil etgan. Ushbu manzildan qora bozordagi taxminiy qiymati 1 million dollarga teng 26 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik moddasi, shuningdek prekursorlar, turli kimoviy moddalar va laboratoriya jihozlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Gumonlanuvchilardan biri laboratoriya joylashgan hovlini internet orqali faoliyat yurituvchi kurator yuborgan 15,8 ming dollar hisobiga sotib olgan va uni jihozlash uchun yana 5 ming dollar sarflagan. Shu yil yanvar oyida 11,7 kg “Mefedron” tayyorlab, uning joylashuvini kuratoriga yuborgani ham ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Chirchiq shahrida ijaraga olingan omborxonadan 400 litr prekursor aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.