https://oz.sputniknews.uz/20260212/vazir-internet-malumotlar-sizish-izoh-55653128.html
"15 mln emas, 60 ming": vazir internetdagi ma’lumotlar sizishiga rasmiy izoh berdi
"15 mln emas, 60 ming": vazir internetdagi ma’lumotlar sizishiga rasmiy izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 15 million fuqaro ma’lumoti sizgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Dastlabki o‘rganishga ko‘ra, taxminan 60 ming yozuvga oid holat qayd etilgan. OneID tizimida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
2026-02-12T14:48+0500
2026-02-12T14:48+0500
2026-02-12T15:20+0500
o‘zbekiston
jamiyat
raqamli texnologiyalar
raqamli texnologiyalar vazirligi
sherzod shermatov
kiberhujum
kiberxavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55652177_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4bd11481435b459cd39211acef8525a2.png
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 15 million fuqaroga oid ma’lumotlar sizib chiqqanligi haqida tarqalgan xabarlar dastlabki o‘rganish natijasiga ko‘ra tasdiqlanmadi — gap taxminan 60 ming atrofidagi yozuvlar haqida bormoqda. Bu haqda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov matbuot anjumanida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 27–30 yanvar kunlari uchta davlat idorasining axborot tizimiga kiberhujum uyushtirilgan. Vakolatli organlar ishtirokida holat tezkor o‘rganildi va zarur choralar ko‘rildi.Shuningdek, OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni faqat egasining roziligi bilan boshqa platformalarga taqdim etish yoki cheklash mexanizmi joriy etildi.Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda kiberxavfsizlik uzeli orqali 7 milliondan ortiq tahdid bartaraf etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 107 milliondan oshgan.Jahon miqyosida esa 2025-yilda kiberhujumlar tufayli 10,5 trillion dollar zarar yetkazilgan, yirik platformalardan 16 milliarddan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlari o‘g‘irlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/xaker-hujum-xabar-izoh-55468644.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55652177_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_78827381153665c74bbd42a27a19fdd6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar vazirligi, sherzod shermatov, oneid, yagona identifikatsiya tizimi, kiberhujum, ma’lumotlar sizishi, davlat idoralari, kiberxavfsizlik, 60 ming ma’lumot, 15 million xabar, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar, 2025-yil
o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar vazirligi, sherzod shermatov, oneid, yagona identifikatsiya tizimi, kiberhujum, ma’lumotlar sizishi, davlat idoralari, kiberxavfsizlik, 60 ming ma’lumot, 15 million xabar, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar, 2025-yil
"15 mln emas, 60 ming": vazir internetdagi ma’lumotlar sizishiga rasmiy izoh berdi
14:48 12.02.2026 (yangilandi: 15:20 12.02.2026) Fuqarolarga oid ma’lumotlar sizib chiqqanligi haqidagi xabarlar ortidan rasmiy izoh berildi. Vazirlik dastlabki tekshiruv natijalarini ochiqlab, holat miqyosi haqida aniq raqamlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 15 million fuqaroga oid ma’lumotlar sizib chiqqanligi haqida tarqalgan xabarlar dastlabki o‘rganish natijasiga ko‘ra tasdiqlanmadi — gap taxminan 60 ming atrofidagi yozuvlar haqida bormoqda. Bu haqda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov matbuot anjumanida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 27–30 yanvar kunlari uchta davlat idorasining axborot tizimiga kiberhujum uyushtirilgan. Vakolatli organlar ishtirokida holat tezkor o‘rganildi va zarur choralar ko‘rildi.
Jumladan, axborot infratuzilmalariga ruxsatsiz kirishlar cheklandi, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) foydalanuvchilarining parollari yangilandi, texnik himoya vositalari kuchaytirildi.
Shuningdek, OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni faqat egasining roziligi bilan boshqa platformalarga taqdim etish yoki cheklash mexanizmi joriy etildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda kiberxavfsizlik uzeli orqali 7 milliondan ortiq tahdid bartaraf etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 107 milliondan oshgan.
Jahon miqyosida esa 2025-yilda kiberhujumlar tufayli 10,5 trillion dollar zarar yetkazilgan, yirik platformalardan 16 milliarddan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlari o‘g‘irlangan.