https://oz.sputniknews.uz/20260212/ukraine-davlatlar-yollanma-askarlar-55654646.html
Ukraina Qurolli kuchlarida qaysi davlatlar yollanma askarlari eng ko‘p – Rossiya ma’lumotlari
Ukraina Qurolli kuchlarida qaysi davlatlar yollanma askarlari eng ko‘p – Rossiya ma’lumotlari
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rasmiysiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari safidagi xorijlik yollanma askarlar orasida Kolumbiya fuqarolari eng katta guruhni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda polyaklar va Boltiqbo‘yi davlatlari vakillari turibdi.
2026-02-12T15:39+0500
2026-02-12T15:39+0500
2026-02-12T15:45+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
yollanma
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53127991_0:0:1170:659_1920x0_80_0_0_321590f294bfea5c2ea53368b2d790dc.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilayotgan yollanma askarlarning eng ko‘p qismi Lotin Amerikasi, ayniqsa Kolumbiya fuqarolaridan iborat. Bu haqda Rossiya TIVning Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Avvalroq Vladimir Zelenskiy xorijlik harbiy xizmatchilarga kontrakt amal qilish muddati davomida va u tugagandan so‘ng Ukrainada vaqtincha yashash ruxsatnomasi berishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Qonun ularga qator ijtimoiy kafolatlar, jumladan, tibbiy ta’minot imkoniyatini ham beradi.Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan "to‘p yemi" sifatida foydalanayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Pul evaziga urushga kelgan ayrim yollanma askarlar esa intervyularida ukrainalik harbiylar harakatlarni yetarlicha muvofiqlashtira olmasligini, frontda omon qolish ehtimoli esa pastligini tan olgan.Shuningdek, yaqinda Ispaniya fuqarosi Alberto Arroba Mordillo Kupanskda "Xartiya" milliy gvardiyasi brigadasi tarkibida bo‘lgan bir guruh braziliyaliklar bilan birga yo‘q qilingani haqida xabar berildi.Bundan tashqari, Konstantinovka yo‘nalishida ikki polyak yollanma askarini o‘z ichiga olgan guruh ham yo‘q qilingani ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260129/kolombia-yollanma-ukraine-55352415.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53127991_103:0:1143:780_1920x0_80_0_0_1169d30b935bfc6eb6721b35051b25e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya tiv, rodion miroshnik, kolumbiya, lotin amerikasi, polsha, boltiqbo‘yi davlatlari, xorijlik yollanma askarlar, ukraina qurolli kuchlari, kurash harakatlari, kupansk, konstantinov yo‘nalishi, xalqaro mojaro
ukraina, rossiya tiv, rodion miroshnik, kolumbiya, lotin amerikasi, polsha, boltiqbo‘yi davlatlari, xorijlik yollanma askarlar, ukraina qurolli kuchlari, kurash harakatlari, kupansk, konstantinov yo‘nalishi, xalqaro mojaro
Ukraina Qurolli kuchlarida qaysi davlatlar yollanma askarlari eng ko‘p – Rossiya ma’lumotlari
15:39 12.02.2026 (yangilandi: 15:45 12.02.2026) Rossiya rasmiysiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari safidagi xorijlik yollanma askarlar orasida Kolumbiya fuqarolari eng ko‘p. Keyingi o‘rinlarda polyaklar va Boltiqbo‘yi davlatlari qayd etilgan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilayotgan yollanma askarlarning eng ko‘p qismi Lotin Amerikasi, ayniqsa Kolumbiya fuqarolaridan iborat. Bu haqda Rossiya TIVning Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha maxsus topshiriqlar elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
"Hozirgi kunda Lotin Amerikasidan kelgan eng katta guruh Kolumbiya va yana bir qator davlatlar fuqarolaridan iborat. Ular asosan shartnomasi tugagan yoki ishsiz qolgan sobiq giyohvandlikka qarshi kurash bo‘linmasi xodimlari bo‘lib, pul ishlash maqsadida kelgan. Keyingi o‘rinlarda polyaklar va Boltiqbo‘yi davlatlari vakillari turibdi", — dedi Miroshnik.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy xorijlik harbiy xizmatchilarga kontrakt amal qilish muddati davomida va u tugagandan so‘ng Ukrainada vaqtincha yashash ruxsatnomasi berishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Qonun ularga qator ijtimoiy kafolatlar, jumladan, tibbiy ta’minot imkoniyatini ham beradi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan "to‘p yemi" sifatida foydalanayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Pul evaziga urushga kelgan ayrim yollanma askarlar esa intervyularida ukrainalik harbiylar harakatlarni yetarlicha muvofiqlashtira olmasligini, frontda omon qolish ehtimoli esa pastligini tan olgan.
Shuningdek, yaqinda Ispaniya fuqarosi Alberto Arroba Mordillo Kupanskda "Xartiya" milliy gvardiyasi brigadasi tarkibida bo‘lgan bir guruh braziliyaliklar bilan birga yo‘q qilingani haqida xabar berildi.
Bundan tashqari, Konstantinovka yo‘nalishida ikki polyak yollanma askarini o‘z ichiga olgan guruh ham yo‘q qilingani ma’lum qilindi.