https://oz.sputniknews.uz/20260212/mir-akbar-rahmonqulov-vafot-55641888.html
Uzoq yillar Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi
Uzoq yillar Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Sobiq Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va yuridik fanlari doktori Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi. U 1997–2014 yillarda MXK kotibi lavozimida ishlagan.
2026-02-12T12:08+0500
2026-02-12T12:08+0500
2026-02-12T12:12+0500
o‘zbekiston
hamdardlik
vafot etdi
o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55642664_11:0:2742:1536_1920x0_80_0_0_ad2de89b8f43fe61921baf7dd67051da.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi.Ma’lum qilinishicha, u kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Mir-Akbar Rahmonqulov 1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan.1980–1990 yillarda komsomol tizimi va O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori bo‘lgan.Oliy Majlis Senati marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.Ko‘p yillik mehnati davomida Mir-Akbar Rahmonqulov sud-huquq tizimi va qonunchilikni takomillashtirishga munosib hissa qo‘shgan. Vatan oldidagi xizmatlari uchun u “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, “II darajali Shon-sharaf” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/kallibek-kamalov-vafot-hamdardlik-55631604.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0c/55642664_352:0:2400:1536_1920x0_80_0_0_252e3f32bdee19a1cdeab3c97f80066e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mir-akbar rahmonqulov, milliy xavfsizlik kengashi, mxk kotibi, islom karimov, senat, qonunchilik instituti, yuridik fanlari doktori, professor, nekrolog, o‘zbekiston
mir-akbar rahmonqulov, milliy xavfsizlik kengashi, mxk kotibi, islom karimov, senat, qonunchilik instituti, yuridik fanlari doktori, professor, nekrolog, o‘zbekiston
Uzoq yillar Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi
12:08 12.02.2026 (yangilandi: 12:12 12.02.2026) Mir-Akbar Rahmonqulov uzoq yillar davlat boshqaruvi tizimida yuqori lavozimlarda ishlab, parlament hamda Senatda faoliyat yuritgan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida
vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, u kasallikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Mir-Akbar Rahmonqulov 1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan.
1980–1990 yillarda komsomol tizimi va O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori bo‘lgan.
1997–2014 yillarda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi va prezident davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000-yildan parlament deputati, 2020-yildan Oliy Majlis Senati a’zosi edi.
Oliy Majlis Senati marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ko‘p yillik mehnati davomida Mir-Akbar Rahmonqulov sud-huquq tizimi va qonunchilikni takomillashtirishga munosib hissa qo‘shgan. Vatan oldidagi xizmatlari uchun u “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, “II darajali Shon-sharaf” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.