https://oz.sputniknews.uz/20260211/antidemping-choralar-eaeu-bozor-himoya-55632551.html
YeIK: antidemping choralari YeOIIda 20 mlrd dollarlik bozorni himoya qilmoqda
YeIK: antidemping choralari YeOIIda 20 mlrd dollarlik bozorni himoya qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sun’iy ravishda arzonlashtirilgan importga qarshi antidemping choralari qo‘llamoqda. Bu 20 mlrd dollarlik bozor va 50 mingga yaqin ish o‘rnini himoya qilishga qaratilgan.
2026-02-11T18:03+0500
2026-02-11T18:03+0500
2026-02-11T18:14+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
import
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1a/51527607_0:0:863:485_1920x0_80_0_0_8e7f1d26098a3b45633bd4fc9f9cb3c5.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari ishlab chiqaruvchilarini qiymati sun’iy ravishda pasaytirilgan importdan himoya qilish uchun ittifoq doirasida antidemping choralari joriy etilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.Qarorlar YeIK tomonidan maxsus tekshiruvlar asosida qabul qilinadi. YeIK Ichki bozorni himoya qilish departamenti direktori Andrey Zaxarovning ta’kidlashicha, jahon savdosida beqarorlik kuchaygan sharoitda ayrim xorijiy ishlab chiqaruvchilar agressiv narx siyosati orqali yangi bozorlarni egallashga urinmoqda.Antidemping choralari 10 ta davlatdan kelayotgan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. Ular metallurgiya mahsulotlari, mashinalar va ehtiyot qismlar, shinalar, kimoviy mahsulotlar va elektrodlar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.Ma’lum qilinishicha, bu choralar qariyb 20 milliard dollarlik bozorni himoya qiladi va ittifoq davlatlaridagi 120 tadan ortiq korxonada 50 mingga yaqin ish o‘rnini saqlab qolishga xizmat qiladi. Shu orqali korxonalar modernizatsiya va investitsiyalarni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260124/eoiida-elektron-tijorat-uchun-yagona-huquqiy-muhit-yaratilmoqda-55233088.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1a/51527607_63:0:710:485_1920x0_80_0_0_fba6e6d45fdee6ded6354cd81917e54d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, antidemping, import, metallurgiya, shinalar, kimyo mahsulotlari, ish o‘rni, bozor himoyasi
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, antidemping, import, metallurgiya, shinalar, kimyo mahsulotlari, ish o‘rni, bozor himoyasi
YeIK: antidemping choralari YeOIIda 20 mlrd dollarlik bozorni himoya qilmoqda
18:03 11.02.2026 (yangilandi: 18:14 11.02.2026) Antidemping mexanizmlari ittifoq davlatlarida teng raqobat muhitini ta’minlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga qaratilgan.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari ishlab chiqaruvchilarini qiymati sun’iy ravishda pasaytirilgan importdan himoya qilish uchun ittifoq doirasida antidemping choralari joriy etilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati
xabar berdi.
Qarorlar YeIK tomonidan maxsus tekshiruvlar asosida qabul qilinadi. YeIK Ichki bozorni himoya qilish departamenti direktori Andrey Zaxarovning ta’kidlashicha, jahon savdosida beqarorlik kuchaygan sharoitda ayrim xorijiy ishlab chiqaruvchilar agressiv narx siyosati orqali yangi bozorlarni egallashga urinmoqda.
Shu sharoitda antidemping mexanizmlari ittifoqning besh mamlakatida teng raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan. Tekshiruv jarayonida barcha ishtirokchilarning huquqlari kafolatlanadi, shu bilan birga surishtiruv muddatlari qisqartirilgan.
Antidemping choralari 10 ta davlatdan kelayotgan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. Ular metallurgiya mahsulotlari, mashinalar va ehtiyot qismlar, shinalar, kimoviy mahsulotlar va elektrodlar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ma’lum qilinishicha, bu choralar qariyb 20 milliard dollarlik bozorni himoya qiladi va ittifoq davlatlaridagi 120 tadan ortiq korxonada 50 mingga yaqin ish o‘rnini saqlab qolishga xizmat qiladi. Shu orqali korxonalar modernizatsiya va investitsiyalarni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi.