Mirziyoyev OIIB prezidenti bilan strategik sheriklik ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu AIIB vo glave s yego prezidentom Szou Szai
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu AIIB vo glave s yego prezidentom Szou Szai - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szai bilan strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szou Szai boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik sherikligini kengaytirishning amaliy masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Prezident xususiy sektor, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish, kambag‘allikni qisqartirish dasturini amalga oshirishga ko‘maklashish, muqobil energetika, energiya samaradorligi, suv ta’minoti, ijtimoiy xizmatni rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
OIIBning mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda faol ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Szou Szai Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini bildirdi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s Prezidentom Asian Infrastructure Investment Bank Szou Szai - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Kudratov va OIIB prezidenti uchrashuvida 2030-yilgacha hamkorlik muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0