https://oz.sputniknews.uz/20260210/koronavirus-vaktsina-xavf-vazirlik-izoh-55587197.html
Koronavirusga qarshi vaksina olganlar sog‘lig‘i xavf ostidami — vazirlik izohi
Koronavirusga qarshi vaksina olganlar sog‘lig‘i xavf ostidami — vazirlik izohi
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus vaksinasi saraton keltirib chiqaradi, degan da’volarni rad etdi. Mutaxassislar vaksinalar genomga ta’sir qilmasligi va giyohlar haqidagi tavsiyalar asossizligini bildirdi.
2026-02-10T12:37+0500
2026-02-10T12:37+0500
2026-02-10T12:37+0500
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
vaksina
emlash
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18337615_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_efa383fc9be2248485e267b47212966f.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlar saratonga chalinishi mumkinligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Xabar berilishicha, xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov vaksinalar inson genomiga salbiy ta’sir qilmasligi ilmiy jihatdan isbotlanganini bildirdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda vaksina “ta’siri”dan qutulish uchun karabash va arslonpanjasi giyohlarini iste’mol qilish haqidagi tavsiyalar ham asossiz. Mutaxassislar bu kabi maslahatlar ilmiy dalilga ega emasligini qayd etmoqda.Rasmiylar bunday xabarlarga ishonmaslik va tibbiy masalalarda faqat mutaxassislarga tayanishni tavsiya qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260126/sanepidemqomita-virus-uzbekistan-55286750.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18337615_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9c531721b65915d25389f3edb701c01d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi, koronavirus vaksinasi, saraton, feyk xabar, genom, nurmat atabekov, karabash, arslonpanjasi
o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi, koronavirus vaksinasi, saraton, feyk xabar, genom, nurmat atabekov, karabash, arslonpanjasi
Koronavirusga qarshi vaksina olganlar sog‘lig‘i xavf ostidami — vazirlik izohi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus vaksinasi saraton keltirib chiqaradi, degan da’volarni rad etib, bunday xabarlar ilmiy asosga ega emasligini bildirdi
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlar saratonga chalinishi mumkinligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Xabar berilishicha, xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov vaksinalar inson genomiga salbiy ta’sir qilmasligi ilmiy jihatdan isbotlanganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng ayrimlarda kuzatiladigan harorat oshishi, nafas qisilishi yoki yurak urishi tezlashishi kabi holatlar vaqtinchalik bo‘lib, odatda 2–3 kunda bartaraf bo‘ladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda vaksina “ta’siri”dan qutulish uchun karabash va arslonpanjasi giyohlarini iste’mol qilish haqidagi tavsiyalar ham asossiz. Mutaxassislar bu kabi maslahatlar ilmiy dalilga ega emasligini qayd etmoqda.
Rasmiylar bunday xabarlarga ishonmaslik va tibbiy masalalarda faqat mutaxassislarga tayanishni tavsiya qildi.