https://oz.sputniknews.uz/20260209/kazakhstan-gres-qurilish-reja-55570563.html
Qozog‘istonda oltita GRES qurilishi rejalashtirilgan — bu Sirdaryo havzasiga ta’sir qiladimi
Qozog‘istonda oltita GRES qurilishi rejalashtirilgan — bu Sirdaryo havzasiga ta’sir qiladimi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston 2030-yilgacha ko‘mir generatsiyasini rivojlantirish doirasida 6 ta yirik GRES qurish va mavjud stansiyalarni yangilashni muhokama qilmoqda. Obyektlar Sirdaryo havzasidan uzoq hududlarda joylashgan.
2026-02-09T17:41+0500
2026-02-09T17:41+0500
2026-02-09T17:41+0500
energetika
energetika vazirligi
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/09/55570369_0:595:2048:1747_1920x0_80_0_0_d68ef833584e9a838bd82a5cd4631451.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qozog‘iston Energetika vazirligi 2030-yilgacha ko‘mir generatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy reja loyihasini taqdim etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat 7,6 GVt quvvatga teng yangi va modernizatsiya qilingan energiya bloklarini ishga tushirishni nazarda tutadi.Shu bilan birga, mavjud Ekibastuz GRES-2 va Aksu GRESni texnik yangilash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.Milliy reja loyihasi hozir ekspertlar va manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinmoqda. Takliflar asosida hujjatning yakuniy ko‘rinishi shakllantirilishi kutilmoqda.Ma’lumot uchun, mazkur shaharlarning hech biri Sirdaryo havzasiga yaqin emas. Yangi inshootlar Qozog‘istonning shimoli va sharqi, asosan Irtish darosi havzasi yoki cho‘l-dasht hududlarida joylashgan:Shu bois, rejalashtirilayotgan GRESlar Sirdaryo suv tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20251208/ozbekiston-qirgiziston-tojikiston-elektr-54014088.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/09/55570369_0:403:2048:1939_1920x0_80_0_0_5c5621795ccc85ede50fe5982aecaa80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, gres, ko‘mir generatsiyasi, ekibastuz gres-3, ekibastuz gres-2, aksu gres, irtish havzasi, sirdaryo, energetika, 7,6 gvt
qozog‘iston, gres, ko‘mir generatsiyasi, ekibastuz gres-3, ekibastuz gres-2, aksu gres, irtish havzasi, sirdaryo, energetika, 7,6 gvt
Qozog‘istonda oltita GRES qurilishi rejalashtirilgan — bu Sirdaryo havzasiga ta’sir qiladimi
Qozog‘istonda ko‘mir generatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy loyiha ishlab chiqilmoqda. Unga muvofiq, mamlakatda 2030-yilgacha 6 ta yirik elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qozog‘iston Energetika vazirligi 2030-yilgacha ko‘mir generatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy reja loyihasini taqdim etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjat 7,6 GVt quvvatga teng yangi va modernizatsiya qilingan energiya bloklarini ishga tushirishni nazarda tutadi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, reja doirasida oltita yirik energiya inshooti qurilishi muhokama qilinmoqda. Ular qatorida Ekibastuz GRES-3 hamda Kurchatov, Kokshetau, Semey, O‘skemen va Jezkazg‘an shaharlaridagi yangi stansiyalar bor.
Shu bilan birga, mavjud Ekibastuz GRES-2 va Aksu GRESni texnik yangilash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Milliy reja loyihasi hozir ekspertlar va manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinmoqda. Takliflar asosida hujjatning yakuniy ko‘rinishi shakllantirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur shaharlarning hech biri Sirdaryo havzasiga yaqin emas. Yangi inshootlar Qozog‘istonning shimoli va sharqi, asosan Irtish darosi havzasi yoki cho‘l-dasht hududlarida joylashgan:
Kurchatov, Semey va O‘skemen — Sharqiy Qozog‘iston, Irtish havzasi;
Kokshetau — Shimoliy hudud, ko‘llar atrofi;
Jezkazg‘an — Markaziy cho‘l-dasht hududi.
Shu bois, rejalashtirilayotgan GRESlar Sirdaryo suv tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.