UNAMA: Afg‘oniston—Pokiston chegarasida 70 tinch aholi halok bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy MelnikovBMT: Afg‘oniston-Pokiston chegarasida 3 oy ichida 70 nafar tinch aholi halok bo‘ldi va 477 nafari yaralandi
BMT: Afg‘oniston-Pokiston chegarasida 3 oy ichida 70 nafar tinch aholi halok bo‘ldi va 477 nafari yaralandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Obuna bo‘lish
Missiya ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar keskin to‘qnashuvlar bo‘lgan kunlarda qayd etilgan. BMT harbiy harakatlarda tinch aholini himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 2025 yil oktabridan dekabrigacha Afg‘oniston—Pokiston chegarasidagi to‘qnashuvlarda 70 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 477 nafari yaralandi. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) bayonotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
"2025 yilning so‘nggi uch oyida Pokiston va Afg‘oniston kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 70 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 477 nafari yaralandi. Qurbonlarning asosiy qismi 10–17 oktabr kunlari, keskinlik avjiga chiqqan davrda qayd etilgan. Ular orasida ayollar va bolalar bor", — deyiladi bayonotda.
UNAMA ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida Kobul tan olmaydigan Durand chizig‘i bo‘ylab to‘qnashuvlarda jami 613 nafar tinch aholi halok bo‘lgan yoki yaralangan.
"BMT missiyasi o‘z xulosalarini Afg‘oniston va Pokiston rasmiylari bilan bo‘lishib, inson huquqlariga rioya qilish hamda tinch aholini himoya qilish choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi", — deyiladi hujjatda.
Bayonotda harbiy operatsiyalar vaqtida mutanosiblik tamoyiliga rioya qilish, turar-joy hududlarida raketa va minomotlardan foydalanishni to‘xtatishga chaqiriq ham o‘rin olgan.
Afg‘oniston, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2026
Tojikiston chegarasida bir oyda beshinchi otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi
Yangiliklar lentasi
0