AQSh tufayli Rossiya dunyoda eng ilg‘or yadro quroliga ega bo‘ldi- ekspert

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishOkeanskaya mnogotselevaya sistema «Poseydon”
Okeanskaya mnogotselevaya sistema «Poseydon” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyaning eng zamonaviy yadroviy qurollari allaqachon tayyor bo‘lgan, AQSh esa hali unga sarmoya kiritish bosqichida.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Harbiy tahlilchi va iste’fodagi AQSh dengiz piyodalari korpusi razvedkasi xodimi Skott Ritter o‘zining YouTube kanalida Rossiya dunyodagi eng ilg‘or yadroviy qurol ishlab chiqarish dasturiga ega ekanligini aytdi.
"Rossiya dunyodagi eng ilg‘or yadroviy qurol dasturiga ega. Va bu asosan ularning o‘z xohishi emas AQSh sa’y-harakatlari tufayli sodir bo‘ldi. AQSh ballistik raketalarga qarshi shartnomadan chiqdi va Rossiyani jiddiy qabul qilmadi. <…> Va endi biz nima ekkan bo‘lsak, shuni o‘rib olyapmiz. Xo‘sh, azizlar, bo‘ron kelmoqda", - deb ta’kidladi u.
Ritter aytishiga ko‘ra, Rossiya eng ilg‘or yadro qurollari namunalarini yaratgan va ularni ishlab chiqarishni boshlagan. AQShda esa hali bunday qurollar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmagan. "AQSh ma’muriyati nima qilishni xohlasa, biz noldan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Va bizda esa bunga pul yo‘q", - deydi mutaxassis.
Shu bilan birga, Ritterning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati hozirda qurol ishlab chiqarishda AQSh o‘z tarixida bir necha bor qilgan xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
"Sizga innovatsion tuyulgan va bugun AQSh ma’muriyatidan eshitayotgan barcha argumentlar ilgari ham aytilgan. Xuddi shu argumentlar 1960, 1970, 1980-yillarda ham aytilgan. <…> AQSh dunyoda yagona va tengsiz yadroviy super kuch bo‘lishimiz kerak degan fikr. <…> Va har safar biz Sovet Ittifoqi yoki Rossiya deb nomlangan g‘isht devoriga duch kelganmiz", deb tushuntirdi ekspert.
Moskva va Vashington 2010-yilda Strategik yadroviy hujum qurollarni qisqartirish shartnomasini (DSNV) imzoladilar. Unga ko‘ra har ikkala tomon 2018-yil fevral oyiga qadar o‘z yadrov arsenalini belgilangan miqdordash oshirmasligi kerak edi.

Shartnoma muddati 2026-yil 5-fevralda tugadi. Rossiya AQShga uni yana bir yilga uzaytirishni taklif qilgan edi, lekin AQSh bunga rozi bo‘lmadi. Endi har ikkala tomon o‘z yadroviy arsenalini istalgancha oshirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0