https://oz.sputniknews.uz/20260206/xotira-yollari-kontsert-55529039.html
Toshkentda “Xotira yo‘llari” konserti qanday o‘tdi - video
Toshkentda “Xotira yo‘llari” konserti qanday o‘tdi - video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida “Xotira yo‘llari” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafardan ortiq tomoshabin - diplomatlar, talabalar, madaniyat va san’at arboblari ishtirok etdi.Tadbir boshlanishidan oldin so‘zga chiqqan Rossiya elchisi Aleksey Yerxov Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba front va front ortida yaratilganini, jangchilarning jasorati va tinch aholining matonati tufayli, hatto eng og‘ir damlarda ham hayotga va kelajakka bo‘lgan ishonch orqali qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
2026-02-06T19:10+0500
2026-02-06T19:10+0500
2026-02-06T19:10+0500
video
toshkent
madaniyat
konsert
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/06/55530942_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_338582df9e11cbc4c409e90b98a49abe.jpg
Toshkentdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida “Xotira yo‘llari” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafardan ortiq tomoshabin - diplomatlar, talabalar, madaniyat va san’at arboblari ishtirok etdi.Tadbir boshlanishidan oldin so‘zga chiqqan Rossiya elchisi Aleksey Yerxov Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba front va front ortida yaratilganini, jangchilarning jasorati va tinch aholining matonati tufayli, hatto eng og‘ir damlarda ham hayotga va kelajakka bo‘lgan ishonch orqali qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, “Rambler Grupp” MChJ bosh direktori Andrey Siper urush yillarida rus tili G‘alaba tiliga aylanganligini ta’kidladi.Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, “Xalqaro o‘zaro aloqalar va hamkorlik markazi" ANT rahbari Areg Agasaran, yoshlar kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun tarix va o‘tmishni bilishlari muhimligini qo‘shimcha qildi.Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ham yoshlarga murojaat qildi.Konsertda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan va xalq artistlari ishtirok etib, urush yillaridagi vatanparvarlik qo‘shiqlari hamda she’riy asarlarni ijro etishdi. Olga Berggols, Anna Axmatova, Oybek, Robert Rojdestvenskiy va boshqa ijodkorlarning mashhur asarlari, jumladan qo‘shiq va she’rlari ijro etildi.Konsert doirasida Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbari Shuhratjon Yusupovga tarixiy xotirani saqlash, G‘oliblar avlodi jasoratini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p yillik faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston xalqining Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini ehtiyotkorlik bilan va har tomonlama aks ettirganligini e’tirof etib, samimiy va chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida minnatdorchilik lavhasi topshirildi.Shuningdek, sovet xalqining qahramonona jasorati haqida so‘zlovchi “Natsizmga qarshi kurashda biz birga edik”ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda O‘zbekiston SSRning G‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi noyob materiallar namoyish etildi.“Konsert menga juda yoqdi. Barchasi ta’sirli bo‘ldi. Biz ajdodlarimiz jasoratlarini xotirlaymiz va ularga hurmat bildiramiz. Menga ayniqsa she’r va qo‘shiqlar yoqdi. Juda chiroyli bo‘ldi. Mening bobom ham Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, u sinovchi-uchuvchi bo‘lgan”, - deya o‘z taassurotlarini baham ko‘rdi Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali talabasi Anush Xasyan.“Xotira yo‘llari” konserti Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi delegatsiyasining tashrifi doirasida, Rossiya va O‘zbekistonning Ulug‘ Vatan urushi xotirasini saqlash borasidagi sa’y-xarakatlari natijalariga bag‘ishlangandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/06/55530942_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_79fe194cc6980568281c4c16fe1842b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent xotira yo‘llari konsert
toshkent xotira yo‘llari konsert
Toshkentda “Xotira yo‘llari” konserti qanday o‘tdi - video
Eksklyuziv
Tomoshabinlar urush davridagi qo‘shiq va she’rlarni tinglashdi va qanday og‘ir qurbon evaziga G‘alabaga erishilgan haqidagi hikoyalar bilan tanishdilar.
Toshkentdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida “Xotira yo‘llari” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafardan ortiq tomoshabin - diplomatlar, talabalar, madaniyat va san’at arboblari ishtirok etdi.
Tadbir boshlanishidan oldin so‘zga chiqqan Rossiya elchisi Aleksey Yerxov Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba front va front ortida yaratilganini, jangchilarning jasorati va tinch aholining matonati tufayli, hatto eng og‘ir damlarda ham hayotga va kelajakka bo‘lgan ishonch orqali qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
“Buyuk jasorat haqidagi biz uchun muqaddas bo‘lgan xotiralarni ehtiyotkorlik bilan saqlash va avloddan avlodga yetkazish bizning ota-bobolarimiz oldidagi burchimizdir. Urush dahshatlari haqidagi haqiqiy xotirani asrab qolish orqali, biz tinchlik naqadar zaif ekanligini va uni har kuni asrash qanchalik muhimligini yanada chuqurroq tushunamiz”, - dedi elchi.
Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, “Rambler Grupp” MChJ bosh direktori Andrey Siper urush yillarida rus tili G‘alaba tiliga aylanganligini ta’kidladi.
“U do‘stlik tili bo‘lib qolishini istardim. Shuning uchun, keling, do‘st bo‘laylik, xotirlaylik va qadrlaylik”, - deya ta’kidladi u.
Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, “Xalqaro o‘zaro aloqalar va hamkorlik markazi" ANT rahbari Areg Agasaran, yoshlar kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun tarix va o‘tmishni bilishlari muhimligini qo‘shimcha qildi.
“Do‘st bo‘lish nima ekanligini unutmasligimiz juda muhim. Turli mamlakatlardan kelgan yoshlar qanchalik erta do‘stlashsa, kelajakda bir-birimizni tushunishimiz shunchalik oson bo‘ladi”, - dedi u.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ham yoshlarga murojaat qildi.
“Biz bugun siz bularning barchasini o‘zingiz his qilishingizni juda istaymiz: she’r, qo‘shiq va ko‘radigan slaydlar orqali, hozir yashayotgan tinch dunyo bizga yengil yo‘l bilan berilmaganligini tushunishingizni xohlaymiz”, - deya ta’kidladi u.
Konsertda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan va xalq artistlari ishtirok etib, urush yillaridagi vatanparvarlik qo‘shiqlari hamda she’riy asarlarni ijro etishdi. Olga Berggols, Anna Axmatova, Oybek, Robert Rojdestvenskiy va boshqa ijodkorlarning mashhur asarlari, jumladan qo‘shiq va she’rlari ijro etildi.
Konsert doirasida Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbari Shuhratjon Yusupovga tarixiy xotirani saqlash, G‘oliblar avlodi jasoratini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p yillik faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston xalqining Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini ehtiyotkorlik bilan va har tomonlama aks ettirganligini e’tirof etib, samimiy va chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida minnatdorchilik lavhasi topshirildi.
Shuningdek, sovet xalqining qahramonona jasorati haqida so‘zlovchi “Natsizmga qarshi kurashda biz birga edik”ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda O‘zbekiston SSRning G‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi noyob materiallar namoyish etildi.
“Konsert menga juda yoqdi. Barchasi ta’sirli bo‘ldi. Biz ajdodlarimiz jasoratlarini xotirlaymiz va ularga hurmat bildiramiz. Menga ayniqsa she’r va qo‘shiqlar yoqdi. Juda chiroyli bo‘ldi. Mening bobom ham Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, u sinovchi-uchuvchi bo‘lgan”, - deya o‘z taassurotlarini baham ko‘rdi Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali talabasi Anush Xasyan.
“Xotira yo‘llari” konserti Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi delegatsiyasining tashrifi doirasida, Rossiya va O‘zbekistonning Ulug‘ Vatan urushi xotirasini saqlash borasidagi sa’y-xarakatlari natijalariga bag‘ishlangandi.