Sergey Lavrov RT telekanaliga intervyu berdi – asosiy bayonotlar

© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari o‘z intervyusida ko‘plab savollarga javob berdi, jumladan, G‘arb bilan munosabatlar, Ukrainadagi mojaro va muzokaralar jarayoni haqida.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Diplomatik xodimlar kuni munosabati bilan RT telekanali uchun Rik Sanchesga intervyu berdi. Lavrov o‘z intervyusida G‘arb bilan munosabatlar, Ukraina bo‘yicha muzokaralarni kim barbod qilishga urinayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Asosiy fikrlar:
G‘arbning Ukraina orqali Rossiyaga qarshi uyushtirgan urush rejalari barbod bo‘ldi;
Rossiya Yevropaga hujum qilishi haqidagi g‘oya — bu ahmoqona fikr;
Rossiya AQShga uning uchun asosiy masala hudud emas, balki odamlar ekanligini tushuntirdi;
Rossiyaliklar Tramp ma’muriyatining Rossiyaga nisbatan siyosatini turlicha qabul qilmoqda.
Yevropa davlatlari Rossiya va AQSh o‘rtasida Ukraina bo‘yicha boshlangan muzokaralarni buzishga harakat qilmoqda;
Ukraina oldida Rossiyaning vijdoni toza, chunki Rossiya Ukrainani betaraf va yadro qurolisiz davlat sifatida tan olgan;
Mojaroni hal qiluvchi qarorlar qabul qilinmasa, "xavfsizlik kafolatlari" Ukrainani qurol bilan ta’minlash uchun ishlatiladi;
Ukraina bizga ittifoqchi bo‘lishi shart emas, lekin neytral va do‘stona bo‘lishi kerak.
Ukrainada milliy ozchiliklar huquqlarini kafolatlovchi Ukraina Konstitutsiyasining o‘zi buzilmasligi kerak.
Ukraina birinchi bo‘lib energetika inshootlariga zarba berdi, Rossiya buni boshlamadi.
Rossiya TIV rahbari Moskvaning sabri cheksiz emasligini ta’kidladi. U G‘arbdagi hamkorlardan farqli o‘laroq, Rossiya kelishuvlar shartlarini 2004-yil ham, 2014-yilda ham, 2022-yilda ham o‘zgartirmaganini eslatdi.
“Bizning vijdonimiz toza, va sabrimiz cheksiz emas. Rus fe’l-atvorini “yetti o‘lchab, bir kes” maqoli bilan bilish kerak. Biz uzoq o‘lchadik va bundan xulosa chiqardik”, - dedi u.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning to‘liq intervyusini quyida o‘qish mumkin
