Bir kilogramm palov necha pulga tushadi - infografika

Obuna bo‘lish
Palovga ishlatiladigan mahsulotlar narxlari asosida 2026-yil yanvar holatiga bir kilogramm palovning hududlar kesimida qiymati hisoblab chiqildi.
O‘zbekistonning turli hududlarida bir kilogramm palov narxi yanvarda 98,2 ming so‘mdan 116 ming so‘mgacha bo‘ldi.
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun hisoblangan masalliqlar: 0,3 l kungaboqar yog‘i, 300 g piyoz, 700 g mol go‘shti, 1 kg sabzi, 1 kg guruch (lazer), 100 g no‘xat, 10 g zira, 20 g osh tuzi.
Yanvar yakunlariga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkentda (116,1 ming so‘m/kg), eng arzon palov esa Qoraqalpog‘istonda (98,2 ming so‘m/kg) qayd etilgan.
Batafsil – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0