Mirziyoyev Pokistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rezidensii “Ayvan-e-Sadr” sostoyalas seremoniya vrucheniya Shavkatu Mirziyoyevu Ordena "Nishan-e-Pakistan" (Znak Pakistana)
V rezidensii “Ayvan-e-Sadr” sostoyalas seremoniya vrucheniya Shavkatu Mirziyoyevu Ordena Nishan-e-Pakistan (Znak Pakistana) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2026
Obuna bo‘lish
“Nishoni Pokiston” ordenini Mirziyoyevga pokistonlik hamkasbi topshirdi.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini Mirziyoyevga antanali ravishda topshirdi.
“Ushbu nufuzli mukofot ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi hamda O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Nelson Mandela, Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Xu Szintao, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.
Seremoniya prisvoyeniya odnoy iz ulis Islamabada nazvaniya Tashkent, a takje imeni Zaxiriddina Muxammada Babura novomu parku.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2026
Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0