https://oz.sputniknews.uz/20260205/uzbekistan-atom-energetika-rivojlanish-55498980.html
Atomchilar shahri va uran: O‘zbekiston atom energetikasi qanday rivojlanmoqda
Atomchilar shahri va uran: O‘zbekiston atom energetikasi qanday rivojlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Boris Marsinkevichga ko‘ra, O‘zbekiston AESni davlat mablag‘lari hisobidan qurmoqda va avans to‘lovlar amalga oshirilgan. Atom klasteri atomchilar shahri, yadroviy tibbiyot, tadqiqot reaktor, uran bazasi rivojlantirishni qamrab oladi
2026-02-05T18:38+0500
2026-02-05T18:38+0500
2026-02-05T18:38+0500
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
aes
rosatom
uran
o‘zbekiston
rossiya
matbuot markazi
video
matbuot markazi video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/05/55495815_0:60:1135:698_1920x0_80_0_0_85a922a4e623e3acf3e3af43b6415468.png
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasini hukumatlararo kreditlar jalb qilmasdan, faqat davlat mablag‘lari hisobidan qurmoqda. Bu haqda “Geoenergetika Info” jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazi ulangan videoko‘prikda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, davlat tomonidan allaqachon avans to‘lovlari amalga oshirilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda atom klasterining shakllanishi nafaqat energetikani rivojlantirish, balki to‘laqonli atomchilar shahrini barpo etish imkonini ham beradi. Ekspert yadroviy tibbiyotni, jumladan RITM-N-200 qurilmasining texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etdi.Milliy kadrlar bazasini shakllantirishda "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filiali talabalarining qurilayotgan AESda amaliy tayyorgarlik o‘tashi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday yondashuv bo‘lajak mutaxassislarga o‘qish davridayoq stansiya faoliyatini chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.Ekspert meva va sabzavotlarga radiatsiyaviy ishlov berishni ham atom klasteri doirasidagi alohida istiqbolli yo‘nalish deb atadi. Ushbu texnologiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish va tashishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi, bu ayniqsa eksport uchun muhim.Xomashyo bazasi haqida to‘xtalar ekan, Boris Marsinkevich O‘zbekiston uran qazib olishni ko‘paytirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakat o‘z AESini yoqilg‘i bilan ta’minlashga e’tibor qaratishi tabiiy, chunki zarur ilmiy va texnologik asos allaqachon shakllangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260128/mirziyoev-rosatom-rahbar-uchrashuv-55316131.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/05/55495815_63:0:1071:756_1920x0_80_0_0_4d51576fd2f5a4221f5949dd92675346.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, aes, atom elektr stansiyasi, boris marsinkevich, geoenergetika info, sputnik o‘zbekiston, atom klasteri, atomchilar shahri, yadroviy tibbiyot, ritm-n-200, mifi toshkent filiali, rosatom, aleksey lixachov, tadqiqot reaktori, uran qazib olish, yadroviy yoqilg‘i
o‘zbekiston, aes, atom elektr stansiyasi, boris marsinkevich, geoenergetika info, sputnik o‘zbekiston, atom klasteri, atomchilar shahri, yadroviy tibbiyot, ritm-n-200, mifi toshkent filiali, rosatom, aleksey lixachov, tadqiqot reaktori, uran qazib olish, yadroviy yoqilg‘i
Atomchilar shahri va uran: O‘zbekiston atom energetikasi qanday rivojlanmoqda
Eksklyuziv
Ekspert Boris Marsinkevichga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi AESni davlat mablag‘lari hisobidan qurmoqda, avans to‘lovlar amalga oshirilgan va atom klasteri shakllanmoqda.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston tarixidagi birinchi atom elektr stansiyasini hukumatlararo kreditlar jalb qilmasdan, faqat davlat mablag‘lari hisobidan qurmoqda. Bu haqda “Geoenergetika Info” jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazi ulangan videoko‘prikda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, davlat tomonidan allaqachon avans to‘lovlari amalga oshirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda atom klasterining shakllanishi nafaqat energetikani rivojlantirish, balki to‘laqonli atomchilar shahrini barpo etish imkonini ham beradi. Ekspert yadroviy tibbiyotni, jumladan RITM-N-200 qurilmasining texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etdi.
Milliy kadrlar bazasini shakllantirishda "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filiali talabalarining qurilayotgan AESda amaliy tayyorgarlik o‘tashi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday yondashuv bo‘lajak mutaxassislarga o‘qish davridayoq stansiya faoliyatini chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov taklifiga ko‘ra, energetiklar shahrida atom fizikasi maktabini rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqot reaktorini qurish rejalashtirilgan.
Ekspert meva va sabzavotlarga radiatsiyaviy ishlov berishni ham atom klasteri doirasidagi alohida istiqbolli yo‘nalish deb atadi. Ushbu texnologiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish va tashishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi, bu ayniqsa eksport uchun muhim.
Xomashyo bazasi haqida to‘xtalar ekan, Boris Marsinkevich O‘zbekiston uran qazib olishni ko‘paytirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, mamlakat o‘z AESini yoqilg‘i bilan ta’minlashga e’tibor qaratishi tabiiy, chunki zarur ilmiy va texnologik asos allaqachon shakllangan.