Rossotrudnichestvo Jamoatchilik kengashi vakillari Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rasmiy delegatsiyaning tashrifi Rossiya va O‘zbekiston tomonlarining umumiy tarixiy xotirani saqlash borasidagi hamkorlik ishlarining natijalarini sarhisob qilishga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. 5 fevral kuni Rossotrudnichestvo huzuridagi Jamoatchilik kengashi delegatsiyasi Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi. Delegatsiya tarkibiga Kengash raisi, “Rambler Grupp” MChJ bosh direktori Andrey Siper hamda tashkilot a’zosi, “Xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalar markazi” ANT rahbari Areg Agasaran kirdi.
Jamoatchilik kengashi vakillari Rossiyaning elchisi Aleksey Yerxov va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurishdi.
Bu yerda ular “Matonat madhiyasi” va “Leningrad monumenti” yodgorliklari hamda yaqinda o‘rnatilgan, asli o‘zbekistonlik arman millatiga mansub Sovet Ittifoqi Qahramoni Grant Arakelovich Oganyansning xotira lavhasiga gullar qo‘yishdi. Ushbu lavha Jamoatchilik kengashi mablag‘lari hisobiga o‘rnatilgan.
“Ulug‘ Vatan urushi qahramonlarini abadiylashtirish, eng avvalo, bunday voqealar hech qachon takrorlanmasligi uchun juda muhim deb o‘ylayman. Menimcha, bu muzey o‘sha dahshatli voqealarni eslatib turadigan muzeylar tizimiga qo‘shiladi. Qahramonlar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishlarimizni davom etamiz”, - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga ilk bor tashrif buyurgan Andrey Siper.
2026 yil yanvarida Rossotrudnichestvo Jamoatchilik kengashining moliyaviy ko‘magi bilan yodgorlik majmuasining butun keng ko‘lamli ekspozitsiyasiga rus tilidagi tavsiflarni tayyorlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Bu haqda so‘z yuritarkan, Areg Agasaran Jamoatchilik kengashining tashabbusi muloqotga va do‘stlar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga qaratilganini ta’kidladi hamda G‘alaba bog‘i rahbariyati tomonidan ekspozitsiyaning rus tilidagi qismini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar juda ezgu harakat ekanligini alohida qayd etdi.
“Endi ko‘plab mehmonlar G‘alaba tilida material, hujjat va ekspozitsiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega. Darhaqiqat, rus tili ko‘p xalqlar orasidagi muloqotni ta’minlagan va hozir ham ta’minlab kelmoqda. Uni bejiz G‘alaba tili deb atashmagani aniq”, - dedi u.
Shuningdek, u Rossiyalik yoshlarning Toshkentga kelib, qardosh O‘zbekiston xalqi Ulug‘ Vatan urushi yillarini qanday xotirlayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi.
Mehmonlar Rossiya rasmiy delegatsiyalari nomidan O‘zbekiston prezidentiga taqdim etilgan davlat sovg‘alari joylashtirilgan vitrinalar bilan ham tanishdi.

“Men ikki yarim yildan beri O‘zbekistonda, Toshkentdaman va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ko‘p tashrif buyurganman. Bilasizmi, har safar bu yerga kelganimda o‘zim uchun yangi kashfiyotlar qilaman, yangi ma’lumotlar olaman va hech qachon befarq qola olmayman. Chunki bu O‘zbekistonda qahramonlarimiz xotirasini abadiylashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan ishdir”, - deya yakunladi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya.

Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Rossotrudnichestvo O‘zbekistonga G‘alaba xotirasini asrashga yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2026
Rossotrudnichestvo O‘zbekistonga G‘alaba xotirasini asrashga yordam bermoqda
Yangiliklar lentasi
0