https://oz.sputniknews.uz/20260205/pakistan-port-uzbekistan-omborlar-ochilish-55481346.html
Pokiston portida O‘zbekiston omborlari ochiladi, yangi temir yo‘l yuk qatnovlari boshlanadi
Pokiston portida O‘zbekiston omborlari ochiladi, yangi temir yo‘l yuk qatnovlari boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi. Tomonlar yangi temir yo‘l va transport yo‘laklari bo‘yicha kelishdi, fevral oyida pilot yuk tashuvlarini boshlash rejalashtirilmoqda.
2026-02-05T10:13+0500
2026-02-05T10:13+0500
2026-02-05T12:03+0500
hamkorlik
temir yo‘l
jamiyat
o‘zbekiston
pokiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41269709_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_abf425decb20c8174b088445fafb14ec.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi va yangi temir yo‘l yo‘nalishida yuk tashuvlari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Omborlar to‘g‘risidagi kelishuv transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokiston dengiz ishlari vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Sheyx va Karachi porti raisi Shahid Ahmed bilan o‘tkazgan uchrashuvi doirasida imzolandi.Shuningdek, delegatsiya Pokiston temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yaqin vaqtda dala-tadqiqot ishlarini boshlashga kelishdi.Bundan tashqari, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Mas’ud bilan “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yangi transport yo‘lagini shakllantirish masalasi yuzasidan ham kelishuvga erishildi. Tomonlar joriy yil fevral oyida ushbu yo‘nalishda pilot yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/uzbekistan-pakistan-iqtisod-kelishuvlar-55455273.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41269709_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_7c83e8763f2667cfb29529d48f9b2a35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, pokiston, karachi porti, transport vazirligi, omborxona, logistika, temir yo‘l, transport yo‘lagi, afg‘oniston, xitoy, qirg‘iziston, yuk tashuvlari
o‘zbekiston, pokiston, karachi porti, transport vazirligi, omborxona, logistika, temir yo‘l, transport yo‘lagi, afg‘oniston, xitoy, qirg‘iziston, yuk tashuvlari
Pokiston portida O‘zbekiston omborlari ochiladi, yangi temir yo‘l yuk qatnovlari boshlanadi
10:13 05.02.2026 (yangilandi: 12:03 05.02.2026) Muzokaralar natijasida Pokiston portlari orqali yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish, Karachida milliy ombor joylashtirish va yangi yo‘nalishlarda pilot tashuvlarni boshlashga kelishildi
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi va yangi temir yo‘l yo‘nalishida yuk tashuvlari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Omborlar to‘g‘risidagi kelishuv transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokiston dengiz ishlari vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Sheyx va Karachi porti raisi Shahid Ahmed bilan o‘tkazgan uchrashuvi doirasida imzolandi.
Muzokaralar chog‘ida Pokiston portlari orqali O‘zbekiston yuk tashuvlariga yanada qulay sharoit yaratish, Karachi portida milliy omborni joylashtirish hamda investorlar uchun imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Pokiston temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yaqin vaqtda dala-tadqiqot ishlarini boshlashga kelishdi.
Bundan tashqari, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Mas’ud bilan “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yangi transport yo‘lagini shakllantirish masalasi yuzasidan ham kelishuvga erishildi. Tomonlar joriy yil fevral oyida ushbu yo‘nalishda pilot yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.